Prezident Şavkat Mirziyoyev 21 noyabr kuni intellektual mulk, arxiv işi va yuridik ta’lim sohalarini isloh qilişga qaratilgan takliflar taqdimoti bilan tanişdi.
Taqdimotda intellektual mulk sohasini yanada rivojlantiriş rejalari körib çiqildi. Jumladan, Butunjahon intellektual mulk taşkiloti bilan hamkorlikda Intellektual mulk sohasini rivojlantiriş milliy strategiyasini işlab çiqiş közda tutilgan.
Rejaga köra, patent va guvohnomalarga özgartiriş kiritiş jarayonlari soddalaştiriladi, 5 ta kompozit va 4 ta proaktiv xizmat körsatiş yölga qöyiladi.
Şuningdek, intellektual mulkdan foydalaniş holati Tadbirkorlik sub’yektlarining barqarorlik reytingida inobatga olinadigan tartib joriy qilinadi.
Barça oliy ta’lim va ilmiy-tadqiqot muassasalarida patentlaş, işlab çiqarişga kiritiş hamda tijoratlaştirişga kömaklaşiş markazlarini oçiş, dastlab Milliy universitetda, keyinçalik yana 4 ta oliygohda “Intellektual mulk obektlari menejmenti” yönalişini taşkil etiş közda tutilgan.
Ijodkorlar va mutaxassislarni rağbatlantiriş maqsadida har yili 5 ta nominatsiya böyiça “Eng yaxşi intellektual mulk obektlari” tanlovini ötkaziş taklif qilindi. “Intellektual mulk sohasini rivojlantirişga qöşgan hissasi uçun” maxsus kökrak nişoni ta’sis etilib, 26 aprel – Butunjahon intellektual mulk kunida topşirib borilişi belgilandi.

Milliy geografik körsatkiçlar tizimini mustahkamlaş muhimligi qayd etildi. Yetmişga yaqin geografik körsatkiçni röyxatdan ötkaziş, Lissabon tizimiga a’zo böliş orqali milliy mahsulotlar qiymatini va eksport salohiyatini oşiriş muhimligi ta’kidlandi.
Arxiv işini modernizatsiya qiliş masalalari muhokama qilinar ekan, bugungi kunda yurtimiz arxivlarida 16 millionta hujjat töplami, şu jumladan, 1,3 millionta alohida qimmatli va noyob hujjatlar saqlanayotgani qayd etildi. Buxoro amiri quşbegisi mahkamasi va Xiva xonligi devonxonasi hujjatlari YuNeSKOning “Jahon xotirasi” röyxatiga kiritilgan.
Şu bilan birga, hujjatlarni raqamlaştiriş sur’ati yiliga atigi 2 foizni taşkil qilmoqda. 2030 yilga qadar arxiv fondining raqamlaşuv darajasini 60 foizga yetkaziş, alohida qimmatli va noyob hujjatlarni töliq raqamlaştiriş zarurligi qayd etildi.
Buning uçun sohadagi axborot tizimlarini Yagona milliy arxiv axborot tizimiga birlaştiriş, hujjatlarni radioçastotali identifikatsiya (RFID) texnologiyasi orqali hisobga oliş va onlayn kuzatiş tizimini joriy etiş, hujjatlarni tasniflaş va taniş jarayoniga sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qiliş rejalaştirilgan. Tuman (şahar) arxivlarining vazifalari hududiy arxiv boşqarmalariga ötkaziladi.













