Bugun Toşkent şahridagi Xalqaro kongress markazida byurokratik tösiqlarni qisqartiriş, davlat boşqaruvini zamonaviylaştiriş va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etişga bağişlangan xalqaro forumlar boşlanadi. Oçiliş tadbirida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev iştirok etişi kutilmoqda.

Forumlar doirasida davlat xizmatlarini raqamlaştiriş, idoralar faoliyati oçiqligini oşiriş, qaror qabul qiliş jarayonlariga innovatsion yeçimlarni tatbiq etiş, şu jumladan sun’iy intellekt texnologiyalaridan samarali foydalaniş masalalari muhokama etilişi nazarda tutilgan.

Dastur doirasida davlat rahbari Birlaşgan Arab Amirliklari hukumat işlari böyiça vaziri Muhammad al-Gargaviy boşçiligidagi delegatsiya bilan uçraşuv ötkazadi. Muloqot çoğida davlat boşqaruvi samaradorligini oşiriş, raqamli hukumat, innovatsion menejment va sun’iy intellektni joriy etiş sohasida tajriba almaşiş hamkorligini rivojlantiriş masalalarini körib çiqiş rejalaştirilgan.

Tadbirlar doirasida Özbekistonning oçiq, zamonaviy va innovatsion davlat boşqaruviga ötiş borasidagi ustuvor yönalişlari, xalqaro şeriklar bilan qöşma loyihalarni amalga oşiriş imkoniyatlari muhokama qilinişi kutilmoqda.