Özbekistonda aholi hali-hanuz bitta temiryöllar kompaniyasining xizmatlaridan foydalanib keladi. Yuridik nuqtayi nazaridan, kompaniya öz içida turli korxonalarga bölingan va oğizda “monopoliyani allaqaçon sindirgan”.
Kun.uz bilan gaplaşgan iste’molçilar doimiy ravişda yönalişlar böylab belgilangan va yildan yilga qimmatlayotgan narxlardan noroziligini aytadi. Biroq tahririyatning savollariga javob bergan mutaxassislar olingan kredit va işlatilayotgan xarajatlar sabab çipta narxi qimmatligini aytgandi.
Boşqaruv raisining birinçi örinbosari Hikmatulla Rahmetov esa çiptalar haliyam zarariga sotilayotgani, aslida esa narxlar bundan ikki baravar qimmat çiqişini aytdi.
“Narx nimadan kelib çiqadi? Narx xarajatdan kelib çiqadi, avvalambor. Lekin bugungi kunda Özbekiston temiryöllari xarajatidan arzon biletlarni sotyapti. Ya’ni biz 1 söm xarajat qilayotgan bölsak, bugungi kunda 50 tiyinga şu biletni sotyapmiz. Afrosiyob ham, boşqa poyezdlar ham”, deydi u.

Sözining davomida rais örinbosari Özbekistondagi biletlar Xitoynikidan arzonligini qöşimça qildi.
“Agar siz Xitoyda bugun VIP olsangiz, 400 dollarga borasiz va içida ovqat ham bermaydi. Germaniyada, mayli, men Germaniyani gapirmay, ularning içki yalpi mahsulotlari juda ham baland. Lekin Xitoyni, misol uçun, agar odam boşiga hisoblaydigan bölsangiz içki yalpi mahsulotni, biznikiga iqtisodi, oyliklari yaqinroq Özbekistonga. Xitoy Xalq Respublikasining oyliklari bizga yaqinroq-da, ozgina. Rossiyaniki ham bizdan baland, Xitoyniki ham bizdan baland. Men bizdan arzon davlatni menga aytib beringlar”, deydi Rahmetov.
Ma’lum bölişiça, Toşkent-Samarqand yönalişida yuqori tezlikda yuruvçi poyezd yöli quriladi, söngra u Buxorogaça uzaytiriladi.
“Biz hozir Toşkentdan Samarqandga alohida, yuqori tezlikda yuradigan poyezdning yölini qurişning texnik-iqtisodiy asosini boşladik. Texnik-iqtisodiy, nima deydi, asosini boşladik, Toşkentdan Samarqandgaça. Tezlik — 300 km. Yakunlayapmiz, boşlamadik, yakunlayapmiz. Ana öşa yakunlangandan keyin albatta biz Toşkent-Samarqand alohida tezyurar, yuqori tezlikda yuradigan yölini quramiz. Davlatimiz uçun oson emas bu. Albatta quramiz. U bitgandan keyin Samarqanddan Buxoroga quramiz”,












