Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, aholining shifokorlar bilan ta’minlanish darajasi quyidagicha (har 10 000 aholiga nisbatan):

  • terapevtik ixtisosligi bo‘yicha – 10,8 nafar;
  • jarrohlik ixtisosligi bo‘yicha – 3,3 nafar;
  • akusher-ginekologlar (10 000 ayolga) – 3,2 nafar;
  • pediatrlar (0–14 yoshdagi 10 000 bolaga) – 8,3 nafar;
  • pediatrlar (0–17 yoshdagi 10 000 bolaga) – 7,1 nafar;
  • oftalmologlar – 0,5 nafar;
  • otolaringologlar – 0,6 nafar;
  • ftiziatrlar – 0,2 nafar;
  • nevropatologlar – 0,9 nafar;
  • psixiatrlar – 0,3 nafar;
  • dermatovenerologlar – 0,3 nafar;
  • stomatologlar – 3,3 nafar;
  • sanitariya-epidemiologiya guruhi shifokorlari – 1,4 nafar;
  • rentgenologlar va radiologlar – 0,4 nafar;
  • onkologlar – 0,3 nafar.

Ma’lumotlarda qayd etilishicha, umumiy ta’minotda terapevt va pediatrlar nisbatan yuqori ulushni egallayotgan bo‘lsa, onkolog, ftiziatr va psixiatr kabi tor mutaxassislar soni nisbatan kamroq.