Xabar qilinişiça, fuqaro J.U. unga şahar hokimligi tomonidan buzilgan mol-mulki uçun kompensatsiya pullari tölab berilmayotganligi yuzasidan Farğona şahar adliya bölimiga şikoyat qilgan.

Aniqlanişiça, Farğona şahar hokimligi hamda Farğona viloyat hokimligi huzuridagi jismoniy va yuridik şaxslarga yetkazilgan mulkiy zararlarni kompensatsiya qiliş böyiça maqsadli jamğarmasi tomonidan fuqaro J.U.ga tegişli bölgan, buzib yuborilgan bino-inşoot örniga kompensatsiya tölanişi lozimligiga qaramasdan tölovlar öz vaqtida amalga oşirilmaganligi ma’lum bölgan.

Holat yuzasidan Farğona şahar adliya bölimi tomonidan Farğona tumanlararo fuqarolik sudiga kompensatsiya pullarini undiriş yuzasidan da’vo arizasi kiritilgan.

“Qarzdorga ijro hujjatining ijrosini ixtıyoriy ravişda ta’minlaş uçun muddat berilib, ijro harakatlari davomida fuqaro J.U.ga hokimlikdan 1 milliard 624 million söm kompensatsiya pullari töliq undirib berildi”, deyiladi xabarda.