Ukrainada töliq miqyosdagi uruş boşlanganiga deyarli tört yil ötganidan söng ham Moskva, ham Kiyev tinçlik şartnomasi tuzişga avvalgidan köra köproq tayyor, deb hisoblaydi Turkiya taşqi işlar vaziri Hoqon Fidan. U şunday fikrni Welt am Sonntag gazetasiga bergan intervyuda bildirdi, suhbat matni yakşanba, 30 noyabr kuni naşr saytida e’lon qilindi.
«Tört yillik halokatli uruşdan söng har ikki tomon tinçlik tuzişga avvalgidan köra köproq tayyor. Ular inson fojiasi va vayronagarçilik kölamini kördi va öz çegaralari qayerda ekanini tuşundi», — dedi Turkiya diplomatiyasi rahbari tinçlik şartnomasi tuziş imkoniyatlari oldingi taşabbuslar bilan soliştirilganda qay darajada ekani haqidagi savolga javob berib.
Fidan, u 13 yil davomida Turkiya Milliy razvedka taşkiloti (MIT)ga rahbarlik qilgani va hanuzgaça prezident Rajab Toyyib Erdöğanning eng işonçli odamlaridan biri hisoblanişini esga olgan holda, qöşimça qildi: «Janob Putin ham ma’lum şartlar bajarilgan taqdirda tinçlik kelişuviga rozi bölişga tayyor». «Bu pozitsiya Ukraina tomoniga yetkazilgan va biz bu borada ma’lum yönalişlarda faol işlayapmiz. Bu uruş Rossiya uçun ham juda katta xarajatlarni anglatadi», — dedi u.
Moskva Ukraina hududida NATO qöşinlari joylaşişiga qarşiligini hisobga olgan holda, Kiyev qanday xavfsizlik kafolatlarini olişi mumkinligi haqida fikr yuritar ekan, Fidan şunday dedi: «NATO kuçlari — NATOga tegişli bölişi şart bölmagan xalqaro kuzatuvçi kuçlar bilan bir hil emas. Hozir muhokama qilinayotgan eng asosiy element — bu Ukraina uçun AQŞ tomonidan NATO şartnomasining 5-moddasiga öxşaş xavfsizlik kafolati (ya’ni NATOning bir a’zosiga qilingan hujum barça a’zolarga qilingan hujum sifatida qaraladi – tahr.)».
Turkiya taşqi işlar vaziri Ukraina xavfsizlik kafolatlarining yana bir muhim qismi — ukrain qurolli kuçlari salohiyati ekanini eslatdi. «Yevropa mamlakatlari haqli ravişda aytmoqdaki, suveren davlat bu masala böyiça qarorni mustaqil qabul qiladi. Rossiya esa, aksinça, (Ukraina qurolli kuçlari soni böyiça – tahr.) yuqori çegarani öz xavfsizligiga doir kafolatning bir qismi deb hisoblaydi», — deya u Rossiya va Ukraina örtasidagi tinçlik şartnomasini tuziş uçun hal etilişi lozim bölgan muammoni tasvirlab berdi.
Intervyuning keyingi qismida Fidan Rossiya va Ukraina örtasida kelajakdagi tinçlik kelişuvi Yevropaning xavfsizligini ta’minlaşga qaratilgan moddalarini «e’tibor bilan örganiş» zarurligini ta’kidladi. «Men buni kelgusidagi hujumlar oldini oliş uçun tarixiy imkoniyat deb bilaman», — dedi u.












