Prezident tibbiyotda sun’iy intellekt yordamidagi diagnostikani işlatiş mumkin bölgan kasalliklar turini yanada kengaytiriş zarurligini qayd etdi. Şu munosabat bilan xorijiy hamkorlar bilan birgalikda respublika ixtisoslaştirilgan tibbiyot markazlarida jigar, öpka va prostata bezi saratoni, infarkt va murakkab suyak sinişlarini diagnostika qilişda tibbiy suratlarni sun’iy intellekt yordamida tahlil qiliş tizimlarini joriy etiş rejalaştirilgan.
Kelgusi öquv yilidan maktab, texnikum va oliygohlarda öquvçi va talabalarga sun’iy intellektni öqitiş boşlanadi. Buning uçun informatika öqituvçilari tayyorlanmoqda. Lekin faqat ularni emas, butun maktab jamoasini sun’iy intellektdan foydalanişga örgatib, öqituvçilarning yuklamasini kamaytiriş kerakligi körsatib ötildi. Şunda öqituvçida öz ustida işlaşga köproq vaqt qoladi, deb ta’kidlandi yiğilişda.

Taqdimotda bu boradagi yangi yondaşuvlar körib çiqildi. Jumladan, maktab ta’limi uçun sun’iy intellektga asoslangan platformani joriy qiliş taklif etildi. Bunda öqituvçining virtual yordamçisi işlab çiqiladi va platformaga integratsiya qilinadi. Uşbu yeçim öqituvçilarga mavzuga doir ma’ruza matnlari, taqdimotlar, testlar, dars rejalarini tuziş, imtihon jarayonlarini nazorat qilişda kömaklaşadi.
Yiğilişda hokimlarning raqamli texnologiyalar va sun’iy intellekt böyiça maslahatçilarining malakasini oşiriş dasturi haqida axborot berildi.
Transport sohasida ham sun’iy intellekt loyihalarini amalga oşiriş rejalaştirilgan. Jumladan, sun’iy intellekt yordamida yöllardagi qoidabuzarliklarni avtomatik aniqlaş, vagonlar texnik holatini monitoring qiliş orqali temir yölda avariyalar xavfini kamaytiriş böyiça takliflar taqdimot qilindi.

Bundan taşqari, kosmik texnologiyalar böyiça yangi taşabbuslar işlab çiqilgan. “Samarqand-2028” sun’iy yöldoşini işlab çiqiş işlarining borişi körib çiqildi. Yerni masofaviy zondlaşga möljallangan mazkur yöldoş uçun sun’iy intellekt moduli işlab çiqiladi. Yöldoş olgan suratlarni havo sifatini birlamçi baholaş, qişloq xöjaligi ekinlari va örmonlarni monitoring qilişda qöllaş mumkin böladi.
Taqdimot yakunida davlat rahbari körib çiqilgan loyihalar ijrosini jadallaştiriş, sun’iy intellekt texnologiyalaridan iqtisodiyot tarmoqlari va ijtimoiy sohada foydalanişni kengaytiriş yuzasidan mutasaddilarga aniq topşiriqlar berdi.













