RF prezidenti Vladimir Putin Qora dengizda Rossiya «yaşirin floti» tankerlari ukrainlar hujumiga uçraganiga Moskvaning ehtimoliy javobi yuzasidan izoh berib, Kiyevga yangi zarbalar bilan tahdid qildi. U hujumlarni «qaroqçilik» deb atab, Ukrainani dengizdan «uzib qöyiş» bilan tahdid qilgan.
«Hozir Ukraina qurolli kuçlari qilayotgan iş – qaroqçilikdir», – dedi Putin seşanba kuni OAV vakillari bilan uçraşuvda.
Uning sözlariga köra, Rossiya javob çoralari sifatida birinçi navbatda Ukraina portlari va bu portlarga kiradigan kemalarga «zarbalar nomenklaturasini kengaytiradi».
«Ikkinçisi: agar bu davom etsa, biz imkoniyatni körib çiqamiz – men buni qilamiz demayapman, lekin imkoniyatni körib çiqamiz – Ukrainaga uşbu qaroqçilik harakatlarini amalga oşirişga yordam berayotgan mamlakatlar kemalariga nisbatan javob çoralarini köriş», – deya ta’kidladi Putin hujumlar Turkiyaning maxsus iqtisodiy zonasida amalga oşirilganini ta’kidlab.
«Eng radikal yöl – Ukrainani dengizdan uzib qöyiş, şunda umuman qaroqçilik bilan şuğullanib bölmaydi», – deya qöşimça qilgan u.
Putin bular «pişib yetilayotgan» çoralar ekanini ta’kidlagan. «Umid qilamanki, Ukraina harbiy rahbariyati, siyosiy rahbariyati, şuningdek, ularning ortida turganlar bunday amaliyotni davom ettiriş qançalik töğri bölişini öylab körişadi», – degan Rossiya prezidenti.
Noyabr oyi oxirida Gambiya bayroği ostida suzuvçi «Kayros» va «Virat» nomli tankerlar bir vaqtning özida ukrainlarning pilotsiz suvosti dronlari tomonidan hujumga uçragandi. Hujum Turkiya sohillari yaqinida amalga oşirilgan.
Uşbu tankerlar ğarb sanksiyalarini çetlab ötgan holda Rossiya neftini taşuvçi «yaşirin flot»ga mansub kemalar ekani ma’lum bölgan.
Hodisa uçun javobgarlikni Ukraina Xavfsizlik xizmati norasmiy tarzda öz zimmasiga olgan. Ukraina naşrlarining UXXdagi manbasi ta’kidlaşiça, hujumga uçragan tankerlar «deyarli 70 million dollarlik neftni taşiy olgan va Kremlga xalqaro sanksiyalarni çetlab ötişga yordam bergan».
Kreml rasmiysi Dmitriy Peskov tankerlarga hujumni «dahşatli voqea» va «Turkiya suverenitetiga tajovuz» deb atagan. Turkiya hukumati esa tankerlarga hujumlar «mintaqadagi kemaçilik, hayot, mulk va ekologik xavfsizlikka jiddiy tahdid tuğdirgani»ni ma’lum qilgan.

















