Markaziy banklar oktabr oyida sof oltin xaridini 53 tonnagaça oşirdi, deya xabar bermoqda Jahon oltin kengaşi.
Bu sentabr oyiga nisbatan 36 foizga köp va yil boşidan beri qayd etilgan eng yuqori oylik körsatkiç hisoblanadi.

Eng yirik xaridorlar — Polşa va Braziliya Markaziy banki bölib, ularning har biri 16 tonnadan oltin sotib olgan. Uçlikka Özbekiston Markaziy banki (9 tonna) ham kirgan.
Şuningdek, Indoneziya (4 tonna), Turkiya (3 tonna), Çexiya va Qirğiziston (2 tonnadan), Gana, Xitoy, Qozoğiston va Filippin markaziy banklari (1 tonnadan) ham qimmatbaho metall xaridini amalga oşirişgan.
Hisobot davrida Rossiya regulyatori (3 tonna) oltin sotgan yagona markaziy bank bölgan.
Yil boşidan noyabr oyigaça jahon markaziy banklari 254 tonna sof oltin xaridini amalga oşirgan. Bu avvalgi uç yilga nisbatan kamroq körsatkiç bölib, qisqariş joriy yilda narxlarning qimmatligi bilan izohlangan.

Yil boşidan beri eng yirik xaridorlar Polşa va Qozoğiston, eng yirik oltin sotuvçilari esa Singapur va Özbekiston markaziy banklari bölib qolyapti.












