Dollarning haqiqiyligini bir qaraşda aniqlaş qiyin, qalbaki pullar esa bozorda tobora köpayib bormoqda. Ayniqsa, köçmas mulk savdosida, turistik pavilionlarda va eksport yoki import bilan işlaydiganlar şunday xavf bilan köp töqnaşadilar.
Agar yaqin kunlarda siz biror mulk, deylik avtomobil, uy sotiş niyatida bölsangiz yoki naqd şakldagi boşqa yirik hisob-kitoblarni rejalaştirayotgan bölsangiz, dollarning haqiqiyligini qanday tekşiriş kerakligini bilişingiz muhim va biz bu borada bilganlarimizni siz bilan bölişamiz.
Haqiqiymi, soxta emasmi?
Ayirboşlaş yoki savdoda köp guvohi bölganimiz 50 yoki eski namunadagi 100 nominaldagi AQŞ dollari bilan muomala qilinganda aksar hollarda “Soxta emasmi?” deb xazil aralaş savol söraladi. Buning sababi Özbekistonga xorijdan kirgan soxta valutalar qatorida mamlakatimizda ham pulni qalbakilaştiriş bilan boğliq jinoyatlar sonining köpligi.
Soxta pullar asosan ranglar politrasi kam işlatilgan kupyuralarda köproq uçraydi, lekin jahon amaliyoti şuni körsatadiki, valuta birliklari nominali qança kattalaşgan sari, himoya elementlari soni köpayib boraveradi.
Soxta xorijiy valutalar köpinça davlatlarga kontrabanda yöllari bilan, qöl bagaji hisoblangan “poçta”lar yordamida yoki qalbakisini haqiqiysiga sotiş orqali muomalaga kiritiladi. Bunday noqonuniy faoliyatning aksar sababi – oson pul topiş ilinjidagi nafs hisoblanadi.
Dollarni tekşiriş usullari
Bankda. Dollarlarning haqiqiyligini bankda tekşiriş – eng oddiy va qulay usul. Dollarni tekşiriş xizmati aslida mutlaqo bepul va çeklovlarsiz, lekin har bir tijorat banki – bu borada qanday siyosat yuritişni mustaqil hal qiladi. Biz bir neça banklar bilan boğlanganimizda ma’lum böldiki, xizmat köp banklarda xavfsizlik va boşqa mijozlarni kuttirib qöymaslik maqsadida yölga qöyilmagan.
Maxsus kompaniyalar. Dollarning haqiqiyligini tekşiriş uçun nafaqat banklar, balki ixtisoslaşgan xizmat kompaniyalari ham mavjud. Ularda mijoz söroviga binoan mulk sotuvi jarayonida notarius binosiga boriş xizmati ham mavjud bölib, xizmat köpinça umumiy summaning 0,1% evaziga taqdim etiladi.
Apparat ijarasi. Dollarning haqiqiyligini tekşiriş uçun uskunani sotib olişga katta summa sarflaşni xohlamaganlar uçun ijaraga oliş imkoniyati mavjud. Toşkentdagi “Malika” bozorida bunday uskunalarni kuniga 100-150 ming sömga ijaraga oliş ham mumkin. Bu, masalan, kvartira yoki avtomobil sotib olişda bir martalik tekşirişlar uçun qulay variant bölişi mumkin.
Mavzuga oid
Mutaxassislar xizmatlari. Kupyuralarning haqiqiyligini tekşiriş böyiça maxsus öqitilgan mutaxassislar ham mavjud. Ular odatda savdo-sotiq bitimlari uçun taklif qilinadi va tranzaksiyaning xavfsizligini ta’minlaydi. Ularning xizmatlari narxi tekşirilayotgan pullar miqdoriga qarab, kupyura uçun 300 dan 500 sömgaça bölişi mumkin.
Bankomatlarda tekşiriş. Bankomatlarda kupyurani almaştiriş uçun kiritib, operatsiyani bekor qiliş mumkin. Bankomat pulni qabul qilganda uning qalbaki ekanini tekşiradi. Agar banknota haqiqiy bölsa, içkariga ötadi, qalbaki bölsa, ötmaydi. Bu usul kiçik miqdordagi pullarni tekşiriş uçun qulay böladi.
Tekşiriş uçun apparat sotib oliş. Agar dollarlarni tez-tez tekşiriş zarurati tuğilsa, kupyuralarni sanaş va haqiqiyligini tekşiriş uçun maxsus apparat sotib oliş maqsadga muvofiq böladi. Odatda oddiy hisoblagiçlar içida qalbaki pulni aniqlaş uçun örnatilgan sensorlar mavjud, narxlari esa örtaça 1 million söm atrofida.
Uy şaroitida tekşiriş
Yuqorida qayd etilgan soxta valutalarni tekşiriş usullaridan taşqari, eng ommalaşgan usul – vizual tekşirişdir. Bunda qabul qilib olinayotgan har qanday valuta birligi uni çiqargan Markaziy bankning yöriqnomalari asosida tekşiriladi. Namunalarni biliş soxta pullardan himoyalanişning eng oson usuli hisoblanadi. Buni 100 AQŞ dollari misolida körib çiqamiz.
1. Suv belgisi. 2004 yilgi AQŞ Federal rezerv valutasi yoruğlikka tutilganda, ikkala tomondan körinadi.
2. Rangi özgaruvçi böyoq. 10, 20, 50 va 100 dollarlik kupyuralarda rangi özgaruvçi böyoq mavjud bölib, u 45 daraja bukilganda rangi misdan yaşilga özgaradi. 2004 yilgi 100 dollarlikda “Siyohdondagi qönğiroq” tasviri özgaradi.
3. Himoya ipi. 1 va 2 dollarlik kupyuralardan taşqari, har bir banknotda şaffof vertikal ip örnatilgan. Uşbu ipda banknotning nominal qiymati mavjud va faqat yoruğlikka tutilganda körinadi.
4. 3D xavfsizlik tasmasi. 100 lik kupyurada qoğozga kök lenta örnatilgan. Agar siz kupyurani oldinga va orqaga egsangiz, qönğiroqlar va 100 raqamining tasvirlari turli tomonga siljiydi.
5. Federal rezerv banknotalaridagi seriya raqamining birinçi harfi uşbu seriyaning çiqarilgan yilini anglatadi: E = 2004, G = 2004A, I = 2006, J = 2009, L = 2009A.
6. Federal zaxira tizimi indikatorlari: Federal rezerv tizimining 12 ta tarqatuvçi banklaridan biriga mos keladigan alfavit-raqamli belgi.
7. Banknotdagi harflar va raqamlarning joylaşuvi
8. Old tomonni bildiruvçi raqam
Qalbaki özbek sömi
Yuqorida bayon qilingan soxta valutalarni tekşiriş usullari AQŞ dollari qatorida, sömga ham taalluqli.
Quyida Özbekistonda eng köp qalbakilaştiriladigan Markaziy bankning 100 ming sömlik na’munasini keltirib ötamiz. Yuqorida aytilgandek ranglar politrasi kam bölgani uçun, uşbu kupyuraning qalbakisi köp çop etiladi.
Soxta emas, şikastlangan
Markaziy bank ma’lumotiga köra, haqiqiy banknotlar banklarda “muomalaga yaroqli”, “eskirgan” va “tölovga yaroqsiz” toifalariga ajratiladi.
“Muomalaga yaroqli” darajasiga ega böliş uçun banknotga yozilgan yozuv (böyoq)lar joyi banknot umumiy hajmining 5 foizidan köp bölmasligi; yirtilgan, teşilgan joyining diametri 1 sm.dan oşmasligi hamda rangi keskin tarzda özgarmagan bölişi zarur.
“Eskirgan” banknotlarga esa yuqoridagi talablarga javob bera olmaydigan pullar kiradi. Ular tölovga yaroqli hisoblanadi. Şu bois ular savdo nuqtalarida qabul qilinişi şart. Farqi şuki, “eskirgan” pullar banklarda qabul qilingaç, qayta muomalaga çiqarilmaydi.
“Tölovga yaroqsiz” – banknot yuzasining 55 foizidan kam qismi saqlanib qolgan pullar hisoblanadi va ular savdo şoxobçalarida qabul qilinmaydi. Agar “tölovga yaroqsiz” pul toifasiga mansub bölmasa, ularni banklarda heç qanday muammosiz almaştirib oliş mumkin.
Xorijiy valutalarni almaştiriş jarayonida banklar qalbaki bölmagan, lekin şikastlangan dollarni qabul qilganda komissiya haqi oladi. Çunki ular ham dollarni yangisiga almaştiriş jarayonida inkassa, suğurta, ba’zida ekspertiza uçun, xorijiy bank komissiya xarajatlari uçun haq tölaydilar.
Qalbakilaştiriş qonunga muvofiq taqib qilinadi
Bu tanlanlangan kiçik sarlavha hammamizga “Abdullajon” filmini eslatib yuboradi. Ha, nafaqat sömni, balki istalgan xorij valutasini qalbakilaştiriş qonunga muvofiq jazolanadi. 2025 yil sentabr oyida Kun.uz yoritgan bir holatda Turkiyadagi töydan terib olingan 1700 dollar soxta pul uçun vositaçiga 4 yil ozodlikni çeklaş jazosi tayinlangan.
Savdo jarayoni yoki ayirboşlaş bölişidan qat’i nazar, valutalar çöntagingizga kirişidan oldin uni tekşiriş kerak. Agar biron-bir şubha bölsa, pulni olmagan ma’qul. Bordi-yu qölingizga allaqaçon şubhali banknot tuşgan bölsa, u bilan tölov qilmaganingiz afzal. Çunki soxta pulning sizdan qabul qilib olingani haqida içki işlar organlariga xabar yetsa, vaqtingiz kamida vaziyatni organ hodimlariga uzoq tuşuntirişga ketadi.
Pulning qalbaki bölişi mumkinligiga şubhangiz bölsa, uni bank orqali ayirboşlaş yaxşi fikr emas. Çunki haqiqatan ham qalbaki bölib çiqsa, bank ayirboşlaş şoxobçasi banknotani sizga qaytarib bermaydi va içki işlar organiga murojaat qiladi.
IIV huzuridagi ekspert-kriminalistika markazi soxta dollarni aniqlaş (valuta ekspertizasi), dollar bilan boğliq hujjatlarni tekşiriş, valuta jinoyatlarida kriminalistik dalillarni tahlil qiliş, bankomat (terminal)lardagi dollar operatsiyalariga boğliq ekspertizani taşkil etişda vakolatli organlardan biri hisoblanadi.
Qoidaga köra, qonunni bilmaslik jazodan ozod qilmaydi. Xossatan, soxta pul muomalasi bilan ham. Özbekiston Jinoyat kodeksining 176-moddasiga muvofiq, qalbaki pul yoki aksiz markasini yasaş va/yoki ularni ötkaziş jinoyati uçun 15 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanadi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi