Har yili an’anaga aylangan eng muhim va ramziy tadbirlardan biri — “Shifokorlik qasamyodi” tantanasi bu yil ham ko‘tarinki ruhda o‘tkazildi.

Buxoroda hayajonli qasamyod marosimi

Dastlab ZARMED universitetining Buxoro kampusi 1-bosqich talabalari uchun qasamyod tadbiri tashkil etildi. Marosim Buxoro shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tdi. Zalni to‘ldirgan yoshlar hayajoni, ota-onalar quvonchi va ustozlar faxri tadbirga alohida ma’no bag‘ishladi.

Bu nafaqat yangi o‘quv yilning rasmiy boshlanishi, balki talabalarning tibbiyot kasbiga sadoqat bilan kirib kelgan ilk qadamlarini anglatdi.

Samarqandda ham ko‘tarinki ruh

Universitetning Samarqand kampusida ham xuddi shunday tantanali marosim o‘tkazildi. Har ikkala kampusdagi qasamyod mazmunan hamohang bo‘lsa-da, yoshlarning quvonchi, ustozlarning faxri va ota-onalarning ko‘zidagi g‘urur har bir tadbirga o‘ziga xos ruh bag‘ishladi.

Tadbir davomida ZARMED universiteti rektori hamda professor-o‘qituvchilar talabalarga tabrik yo‘llab, shifokorlik kasbining buyuk mas’uliyat ekanini ta’kidladi. Ularning fikriga ko‘ra, tibbiyot — inson hayoti bilan bog‘liq eng muqaddas yo‘nalishlardan biri bo‘lib, unga sadoqat va halollik asosiy tamoyil bo‘lishi kerak.

Sayt: https://zarmeduniver.com/uz/src/

Telegram: @zarmeduni

Telefon: 55-704-70-70

Reklama huquqi asosida