Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Zelenskiy Uitkoff va Trampning kuyovi bilan tinchlik masalasini muhokama qildi
Volodimir Zelenskiyning bildirishicha, tomonlar “keyingi qadamlar va Amerika bilan muzokaralar shakli» borasida kelishib olgan.
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va kuyovi Jared Kushner bilan telefon orqali muloqotida Rossiya-Ukraina nizosini bartaraf etish masalasini muhokama qildi.
Zelenskiy muloqotni mazmunli deb atadi.
“Biz ko‘plab jihatlarga e’tibor qaratdik va qon to‘kilishini to‘xtatishni kafolatlaydigan muhim masalalarni muhokama qildik”, — deb yozdi u Telegram-kanalida.
Uning bildirishicha, tomonlar “keyingi qadamlar va Amerika bilan muzokaralar shakli» borasida kelishib olgan.
Muloqotda shuningdek, Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi kotibi Rustem Umerov hamda bosh shtab boshlig‘i general Andrey Gnatov ishtirok etgan.
Avvalroq 2 dekabr kuni Uitkoff va Kushner Moskvada Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan muzokara o‘tkazgandi.
Mavzuga oid
16:09
Kiyev va Varshava o‘rtasida – «ordenlar urushi» ketmoqda
09:24 / 20.06.2026
Zelenskiy Polshaning eng oliy ordenidan mahrum etildi
22:13 / 19.06.2026
Zelenskiy Lukashenkoga ultimatum qo‘ydi va uni bajarish uchun bir hafta muhlat berdi
14:46 / 18.06.2026