Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qora dengizda yuk tashish sug‘urtasi narxi uch barobar oshdi
Qator tijorat kemalariga qilingan hujumlardan so‘ng Qora dengizda, eng katta darajada Rossiya bilan bog‘liq tankerlar, biroz kamroq darajada esa, jumladan g‘alla ham tashiydigan, RF bilan bog‘liq yuk tashuvchi kemalar sug‘urtasi narxlari oshdi, deb yozadi Financial Times (FT).
Foto: Yoruk Isik/REUTERS
So‘nggi bir oy ichida Qora dengizda tijorat kemalarini sug‘urta qilish narxlari uch baravarga oshdi va bu ko‘rsatkich Ukraina hujumlaridan keyin yana o‘sishi kutilmoqda. Bu haqda yakshanba, 7 dekabr kuni Financial Times (FT) sug‘urta brokerlari ma’lumotlariga tayanib xabar berdi. «Qora dengizda – g‘alla va neft kabi muhim tovarlar savdosi uchun hal qiluvchi hududda – kemalarni harbiy xatarlardan sug‘urta qilish qiymati Ukraina maxsus kuchlari tomonidan infratuzilmaga, jumladan Rossiyaning Novorossiysk portiga qilingan hujumlardan keyin keskin oshdi», — deyiladi materialda.
Noyabr oyining boshidan dekabr boshigacha ushbu turdagi sug‘urta narxi 250 foizga o‘sgan — kemaning qiymatidan 0,25–0,3 foizdan 0,5–0,75 foizgacha ko‘tarilgan, deb ma’lum qildi nashrga Marsh brokerlik kompaniyasining dengiz va yuk tashish bo‘limi rahbari Markus Beyker. Uning aytishicha, eng kata oshish Rossiyaga tegishli Qora dengiz hududlarida kuzatilgan. «Rossiya Ukrainadagi vaziyatni yanada keskinlashtiradi, shu bois biz, ehtimol, bu mintaqada stavkalarning yanada o‘sishini ko‘ramiz», — degan taxminni bildirdi Beyker.
Yana bir sug‘urta brokeri FT bilan suhbatda aytishicha, hozirda eng ko‘p qimmatlashgani — Rossiya bilan bog‘liq tankerlar sug‘urtasi, biroz kamroq darajada esa RF bilan bog‘liq, jumladan don tashuvchi quruq yuk kemalari sug‘urtasi oshgan.
28 noyabr kechqurun Rossiyaning «soya floti»ga tegishli Kairos va Virat tankerlari Ukraina Xavfsizlik xizmatining Sea Baby dengiz dronlari hujumiga uchradi. Ular Qora dengizda Turkiya qirg‘oqlari yaqinida bo‘lgan, hujum esa tankerlar yuksiz holda Novorossiyskka yo‘l olayotgan paytda amalga oshirilgan. Har ikki kema Gambiya bayrog‘i ostida harakatlanadi va g‘arb davlatlari sanksiyalari ostida. Avvalroq hujumga uchragan Kairos Bolgariya qirg‘oqlari yaqinida falokat signalini bergani haqida 5 dekabr kuni mahalliy OAV xabar qilgan.
2 dekabr tongida Qora dengizda yana bir Rossiya tankeri hujumga uchradi. Turkiyaning dengiz ishlari bo‘yicha bosh boshqarmasi X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, Midvolga 2 tankeri mamlakat qirg‘og‘idan taxminan 120 km uzoqlikda hujumga uchragan. Idora ma’lumotlariga ko‘ra, kema Gurjistonga rasmiy ravishda kunjut yog‘i sifatida ko‘rsatilgan yuk bilan yo‘l olgan. Bortida 13 nafar ekipaj a’zosi bo‘lgan, jarohatlanganlar haqida ma’lumot tushmagan.
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an o‘sha kuniyoq o‘z mamlakati qirg‘oqlari yaqinida tijorat kemalariga qilingan hujumlarni maqbul emas, deb atadi. Uning ta’kidlashicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi urush Qora dengizda suv yo‘llari xavfsizligiga tahdid sola boshlagan. «Juma kuni bizning iqtisodiy hududimizdagi kemalarga qilingan hujum xavotirli eskalatsiyadan dalolat beradi», — dedi Erdo‘g‘an.
Mavzuga oid
21:24
Tramp Zelenskiy «mag‘lub bo‘layotgani» va buni «qabul qilishi» kerakligini aytdi
15:37
Politico: Yaponiya Rossiya aktivlari bo‘yicha YeI rejasini qo‘llab-quvvatlamadi
13:41
Ukraina bosh shtabi: Okkupatsiya qilingan hududlarda «Pansir» yo‘q qilindi
12:51