Özbekiston prezidentining giyohvandlik va narkojinoyatlarga qarşi kuraşişga qaratilgan qarori ijrosi doirasida mamlakat böylab “Xavfsiz va soğlom yurt” tezkor-profilaktik tadbirining uçinçi bosqiçi izçil davom etmoqda.
Şu doirada Toşkent viloyati IIBB va DXX viloyat boşqarmasi xodimlari tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Farğonadan poytaxtga katta miqdorda kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalarini yetkazib, ularni sotiş bilan şuğullanib kelgan jinoiy guruh foş etildi.
Toşkent tumanida ötkazilgan tezkor tadbir çoğida, 1985 yilda tuğilgan ayol nazoratdagi xaridorga kelişilgan kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasini 750 ming söm evaziga sotiş paytida qölga olindi. U dori vositasini yetkazişda özining 13 yoşli jiyanini vositaçi sifatida işlatgan.
Uning yaşaş xonadonini közdan keçiriş jarayonida qiymati 20 million sömga teng 162 dona kuçli ta’sir qiluvçi dorilar topilib, daliliy aşyo sifatida rasmiylaştirildi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ta’kidlaşiça, ayol şaxsiy manfaatini közlab, qilmişiga voyaga yetmagan bolani jalb qilişdan ham qaytmagan.

Tezkor tadbir davom ettirilib, uşbu ayolni dorilar bilan ta’minlab kelgan, Toşkent şahrida yaşovçi ikki nafar şaxs ham qölga olindi. Ular nazoratdagi xaridorga 23 million söm evaziga 278 dona şu turdagi dorilarni sotiş paytida töxtatib qolindi. Tekşiruvlar davomida ularning avtomaşinasi va yaşaş hududidan qöşimça 67 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositasi aniqlanib, hujjatlaştirildi.
“Jinoyat zanjiri”ni töliq uziş maqsadida tezkor tadbir Farğona viloyatida ham davom ettirildi. Danğara tumanida yaşovçi 39 yoşli ayol hamda Qöqon şahrida yaşovçi 35–39 yoşli ikki nafar erkak 738 dona kuçli ta’sir qiluvçi dorilarni 44 million söm evaziga şartli xaridorga sotiş paytida qölga olindi.
Umuman, mazkur tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida umumiy qiymati 150 million sömdan ortiq bölgan 1 343 dona kuçli ta’sir qiluvçi dori vositalari muomaladan çiqarildi. Huquqni muhofaza qiluvçi organlar ma’lumotiça, şu orqali minglab fuqaroning uşbu dorilardan zararlanişi va ularga qaram bölib qolişining oldi olindi.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 251-1-moddasi 4-qismi bilan jinoyat işi qözğatildi. Jami 6 nafar şaxs gumonlanuvçi tariqasida jalb etilib, ularga nisbatan “qamoq” ehtiyot çorasi qöllangan. Tergov harakatlari davom etmoqda.


















