Bu körsatkiç ötgan yilning mos davriga nisbatan 39,7 foizga yuqori bölib, mamlakat jami eksportida meva-sabzavot uluşi 5,9 foizni taşkil etdi.

Rasmiy ma’lumotlarga köra, eksport tarkibi quyidagiça şakllangan:

  • meva va rezavorlar – 523,2 ming tonna;
  • sabzavotlar – 524,8 ming tonna;
  • tarvuz-qovun – 231,5 ming tonna;
  • yeryonğoq va yonğoqlar – 21,8 ming tonna;
  • moş – 86,2 ming tonna;
  • boşqa turdagi mahsulotlar – 434,3 ming tonna.

Meva-sabzavot eksport hajmi va qiymatining ösişi Özbekiston qişloq xöjaligi mahsulotlariga bölgan taşqi bozor talabining ortib borişi bilan izohlanmoqda.