Rossiya prezidenti Vladimir Putin Inson huquqlari böyiça kengaş a’zolari bilan uçraşuvda ba’zida «heç kimga sezdirmasdan», qöriqçilarsiz maşina haydaşi haqida gapirib berdi.

«Qançalik ğalati tuyulmasin, men doim ham migalka va signallar bilan yurmayman», – degan Putin ba’zida heç qanday kortejlarsiz, «heç kimga sezdirmasdan» maşina haydaşi haqida. U bu sözlar bilan «Russkiy reporter» jurnali muharriri örinbosari, kengaşda çiqiş qilgan Marina Axmedovaning sözlariga munosabat bildirgan, uşbu jurnalist yöllarda elektr samokatlar va elektr velosipedlarda harakatlanayotgan kurerlar piyodalar uçun xavf tuğdirayotgani haqida gapirgandi.

«Dostavka xizmati bilan nimalar bölayotganini körib turibman. Albatta, bu fuqarolarimizni taşvişga solmoqda. Bu haqda menga ayrim regionlar rahbarlari, xususan, Sankt-Peterburg gubernatori gapirib berdi», – deya RF prezidenti sözlarini keltiradi RBK.

U kurerlar elektr transport vositalarida harakatlaniş orqali fuqarolar uçun xavf tuğdirayotgani haqidagi fikrga qöşilgan. «Tabiiyki, avvalo mahalliy, mintaqaviy hukumatlar bu masalani hal qilib olişlari kerak», – degan u.

Putin IIVga va regionlar rahbalariga dostavka xizmatlari faoliyatini tartibga soliş böyiça topşiriq berişni va’da qilgan.

Dekabr oyi boşida Moskva meri Sergey Sobyanin rasmiylar şaharda elektr samokatlar va boşqa individual harakatlaniş vositalari (SIM)dan foydalanişni taqiqlaşni rejalaştirmayotganini aytgandi. Uning ta’kidlaşiça, moskvaliklarning qariyb 80 foizi işda uşbu transport turidan tez-tez foydalanadigan kurerlar xizmatidan foydalanadi. U şahardagi vaziyatni nazorat qiliş maqsadida kurerlar uçun majburiy standartlar joriy etilganini ta’kidlagan.

«Deptrans» ma’lumotiga köra, 2025 yilning töqqiz oyida Moskvada bunday transport vositalari iştirokidagi avariyalar soni ötgan yilning şu davriga nisbatan 44 foizga kamaygan. Şu bilan birga, bunday vositalardan foydalaniş holatlari soni 3 millionga oşgan.

Rossiyaning bir qança şaharlarida elektr samokatlardan foydalaniş taqiqlangan yoki çeklangan. Moskvaning bir qator hududlarida soat 12:00 dan 23:59 gaça elektr samokatlardan foydalaniş taqiqlangan. Blagoveşçenskda esa u butunlay taqiqlangan.

Transport vazirligi individual harakatlaniş vositalarini boşqariş huquqini olişga ehtiyoj sezmayapti. Şu bilan birga, idora barça bunday vositalar uçun qöşimça tartibga soliş me’yorlarini joriy etiş tarafdori. Ötgan yili vazirlik 2026 yil 1 sentabrdan boşlab barça bunday individual harakatlaniş vositalarini federal reyestrda röyxatdan ötkaziş, «hisob raqami» (avtomobil davlat raqami analogi) va «hisob belgisi» (QR-kod) olişni joriy etişni taklif qilgandi.