Soğliqni saqlaş vazirining buyruği bilan Reimbursatsiya dasturiga kiritilgan kasalliklar va ularni davolaşda beriladigan dori vositalari röyxati tasdiqlandi. Hujjat 2027 yil 1 yanvardan keyin kuçga kiradi.
Röyxat Davlat tibbiy suğurta jamğarmasi bilan kelişilgan bölib, unda onkologik, ruhiy, yurak-qon tomir, endokrin va boşqa kasalliklarni davolaşga möljallangan 69 ta dori vositasi belgilangan. Ular qatorida Aspirin, Bisoprolol, Omeprazol, Tramadol, Ambroksol, Kaliy yodid, Geparin kabi dori vositalari bor.
Reimbursatsiya – xarajatlarni qoplaş bölib, surunkali kasalliklarni davolaş uçun şifokor buyurgan dorilar xarajatini qoplaşni nazarda tutadi. Bunda oilaviy şifokor yozgan elektron retsept asosida bemor Jamğarma bilan şartnoma tuzgan dorixonalardan dori vositalarini bepul oladi.
Uşbu dastur doirasida dori vositalarini beriş tartibi Vazirlar Mahkamasining 2024 yil 2 oktyabrdagi 619-son qarori bilan tasdiqlangan «Kasalliklarni ambulator şaroitda davolaşda dori vositalari xarajatlarini qoplaş böyiça reimbursatsiya dasturi töğrisida»gi nizomga asosan amalga oşiriladi.












