Jahon banki ijroçi direktorlar kengaşi Özbekiston uçun 250 mln dollar miqdoridagi kreditni ma’qulladi. Uşbu mablağlar oliy, texnik va kasb-hunar ta’limi tizimida talabalarni moliyalaştirişdan teng foydalanişni kengaytirişga qaratilgan dasturni amalga oşiriş uçun möljallangan.
Qayd etilişiça, kelgusi uç yil davomida uşbu dastur talabalarni moliyalaştirişni qöllab-quvvatlaş tizimini kuçaytirişga va butun mamlakat böylab 600 ming yoşlar uçun ta’lim kreditlaridan foydalaniş imkoniyatini kengaytirişga yordam beradi.
Jahon banki tomonidan moliyalaştiriladigan mazkur dastur 2026-2028 yillarda Özbekiston Iqtisodiyot va moliya vazirligi tomonidan talabalarni moliyalaştiriş tizimidagi mavjud tösiqlarni bartaraf etiş uçun amalga oşiriladi.
190 million dollardan ortiq mablağ yoki «EduImkon» dasturi mablağlarining qariyb 80 foizi aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlari, jumladan, kam ta’minlangan oilalardan bölgan yoşlar va xotin-qizlarga ta’lim kreditlari ajratiş, şuningdek, mehnat bozorida talab yuqori bölgan ta’lim yönalişlarini, xususan, STEM mutaxassisliklarini tanlaşni rağbatlantirişga yönaltirilişi belgilangan.
Bunda xotin-qizlar barça oliy öquv yurtlari talabalarining 55 foizini va ta’lim kreditlari oluvçilarning 80 foizini taşkil etsa-da, talaba qizlarning atigi 33 foizi mehnat bozorida könikmalarga talab eng yuqori bölgan STEM yönalişlarida tahsil olişini ham inobatga oliş nazarda tutilmoqda.
Şuningdek, «EduImkon» dasturi qöşimça 30 million dollar xususiy kapitalni jalb qilişga kömaklaşadi. Bu talabalarni kreditlaş imkoniyatlarini kengaytirişga yordam beradi va davlat budjetiga bosimni kamaytiradi.

















