Assalomu alaykum, azizlar. Bugun 14 dekabr, yakşanba. Köz tegmasin, bu hafta köp yomğir yoğdi. «Çarxpalak» filmidagidek şarros quymagan bölsa-da, heç bölmasa havoni namlab turdi. Sezgandirsiz, havo ança toza böldi. Endi bemalol somsa va kabob yesak bölar. Lekin baribir somsaçilar tandirni, kabobçilar qörani ehtiyot qiling. Biz doimgidek haftaning eng muhim voqealarini birgalikda eslaymiz.
Tramp hammadan xafa
Oq uy rasmiysiga köra, Amerika prezidenti Tramp Rossiyadan ham, Ukrainadan ham xafa ekan. Emişki mister Tramp «nomigagina ötayotgan uçraşuvlardan» norozi ekan.
«Prezident uçraşuv uçun ötkaziladigan uçraşuvlardan bezor böldi. U faqat gap emas, harakat istaydi. AQŞ ma’muriyati oxirgi bir neça hafta içida rossiyaliklar, ukrainaliklar va yevropaliklar bilan muloqotlarga 30 soatdan ortiq vaqt sarfladi», dedi Trampning matbuot kotibi Kerolayn Levitt xonim.
Mister Tramp, bir odam uruşni tugaşini istamas ekan, u davom etaveradi, uruşni tugatiş heç kimning qölidan kelmaydi. Bu odam kim ekanini yaxşi bilasiz. Uruşning ketişi, uning jamiyati uruşga könikkani, qözğolon uçun heç qanday xavf yöqligi bu insonni borgan sari xotirjam qilmoqda. U uruşni istaganiça davom ettiradi. AQŞ yangi ma’muriyatining hozirgi holatida, albatta. Vaşington uruşni faqat Ukraina mağlubiyati evaziga tugatmoqçi, Kiyev tabiiyki bunga könmaydi.
Oq uyda bölinişmi?
Yevropaliklar va AQŞ delegatsiyasi örtasidagi uçraşuvda Vaşington delegatsiyasida böliniş kuzatilgani haqida xabarlarga közingiz tuşgan bölsa kerak. Trampning dösti Uitkoff jamoasi bir tomon, davlat kotibi Rubio jamoasi bir tomon. Oxirgi vaqtlarda bu böliniş yaqqol sezila boşladi. Katta ehtimol uruşni tugatiş böyiça muzokaralar çözilib ketganining sababi ham mana şu — Vaşington aniq, özgarmas taklif bera olmayapti.
Ğarb naşrlarining yozişiça, Tramp ma’muriyatida böliniş köpçilik öylaganidan ham jiddiy, ma’muriyat muzokaralar masalasida ikki emas, uç guruhga bölingan deyişmoqda: Uitkoff va Kuşner jamoasi, Rubio jamoasi, armiya vaziri Driskoll jamoasi.
Amerika naşrlariga köra, Pentagon rahbari Pit Hegset armiya vaziri Den Driskollni Ukraina böyiça muzokaralardan çetlaştirişga erişgan. Hegset vitse prezident Vensning sinfdoşi Driskoll Ukraina böyiça muzokaralar orqali Trampning işonçiga kirişga intilayotganidan xavotirda ekan. Esingiz bölsa, Ukraina böyiça «Tramp tinçlik rejasi»ni aynan Driskoll Kiyevga kötarib borgandi. Rossiyaga esa uçraşuv uçun Uitkoff va Kuşner bordi. Yevropaliklar bilan Rubio gaplaşmoqda. Ana şunaqa çalkaşlik.
Bundan şunday xulosaga keliş mumkin: Tramp ma’muriyatida hokimiyat uçun zimdan kuraş boşlangan. Vens özini keyingi nomzod deb biladi, sinfdoşini muzokaralarga tiqiştiradi, Ğazoda dom qurib sotişni öylayotgan Uitkoff prezident kuyovini ham yoniga olib Trampga eng işonçli odamdek körinişga intiladi. Bulardan ajralib turadigan intelligent diplomat Rubio nima qilarini bilmay turadi.
Zelenskiy Kupyanskka bordi
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Xarkiv oblastidagi Kupyansk şahriga bordi. Putinga bu şahar egallab olingani haqida kamida ikki marta hisobot berişgandi. Ukraina tomoniga köra, «Xartiya» guruhi şaharda muvaffaqiyatli qarşi hujum ötkazib, rus qöşinlarini qurşovga olgan. Zelenskiy şahar çekkasidagi Kupyansk stellasi yonidan turib videomurojaat yölladi.
«Kupyanskdaman, bu yerda jangçilarimiz natijaga erişmoqda. Rossiya Kupyansk haqida köp narsa gapirgandi, mana, köryapmiz. Bordim va yigitlarni qutladim. Ukrainaga şon-şaraflar bölsin», degan Zelenskiy.
AI’çilar — yil odami
Time jurnali har yili qilgan mehnatlariga qarab yil odamini aniqlab boradi. Bu gal jurnal sun’iy intellekt arxitektorlarini e’tirof etdi. Jurnal muqovasiga Meta rahbari Mark Tsukerberg, AMD boş direktori Liza Su, xAI, SpaceX va Tesla rahbari Ilon Mask, Nvidia rahbari Jyensen Xuan, OpenAI rahbari Sem Altman, DeepMind boş direktori Demis Xassabis, Anthropic rahbari Dario Amodey va ImageNet asosçisi Fey-Fey Li joylaştirildi. Ularning barçasi pölat tösin ustida ötiribdi, tasvir 1932 yilda olingan «Osmonöpar binodagi tuşlik» suratiga işora qiladi.
Men Time yil odami sifatida tanlaydigan barça nomzodlarni ham qöllamayman, lekin bi yil jurnal çindan adolatli tanlov qildi deb öylayman. Sun’iy intellekt ançadan beri mavjud narsa, uni hammamiz har kuni işlatib kelardik, telefon, kompyuterlarimiz sun’iy intellektning bir körinişi aslida. Lekin bu yil çindan sun’iy intellekt butkul boşqa darajaga kötarildi, u inson uçun çegarasi körinmas imkoniyatlar eşigini oçdi. Bu xizmatlari uçun suratdagi daholardan minnatdor bölsak arziydi. Johil insonlar yer uçun odam öldirayotgan, mansab uçun pora berayotgan, haşamat uçun odamlarning pulini ömarayotgan bir vaqtda bu daholar dunyoni özgartirmoqda. Yaşasin daho insonlar.
Qora dengiz endi xavfsiz emas
Hafta davomida Ukraina Qora dengizdagi Rossiya kemalariga hujumlarni davom ettirdi. Qora dengiz flotini deyarli uruşga yaroqsiz holatga keltirgan Ukraina endi Rossiya tijoriy kemalari, neft va boşqa mahsulot taşiydigan kemalariga hujum qilmoqda. Rossiya Ukrainaning suvusti dronlariga qarşi hamon heç nima qilolmayapti. Qora dengiz endilikda tijorat uçun xavfli hududga aylandi, bu dengizda suzadigan yuk kemalarini suğurtalaş narxi uç baravarga oşdi.
Rossiyada Qrim olinişining eng birinçi sababi sifatida «Qora dengizdagi hukmronlikni» keltirişadi. Davlat oçiqçasiga bunaqa demaydi, albatta, uruş tarafdorlari orasida şu qaraş maşhur. 2014 yilgaça ham Qrimda Rossiya qora dengiz floti bor edi, juda kuçli flot edi, uning kemalariga heç kim hujum qilmasdi. Hozir bu flot, uning jarangdor nomdagi kemalari qayerga ketdi? Bu savolga uruş tarafdorlari javob berolmaydi. Çunki Ukraina uruş davrida Qora dengiz flotining juda köp kemalarini oddiy çilangarlar yasagan suvusti dronlar bilan yöq qildi.
Uruş ana şunaqa narsa, azizlar. Odam tirik qoliş uçun kuraşayotganda heç kim aqliga siğdira olmaydigan işlarni qilişi mumkin.
Ukrainada saylov
Hafta davomida Donald Tramp köp marta Ukrainada saylov ötkazilişi kerak deb ta’kidladi. Bir intervyuda bu davlatda ançadan beri saylov bölmagani, bu demokratiyaga zid ekanini aytdi. Bu Moskvaning, aynan Putinning ritorikasini eslatadi. Putin Zelenskiyni nolegitim, saylanmagan prezident deb ataşni yaxşi köradi. Kiyev esa tabiiyki uruş davrida saylov ötkazmaslikka haqqi bor deb hisoblaydi.
Bu gal Zelenskiy uruş davrida saylov ötkazişga tayyorligini aytdi. Xavfsizlik ta’minlansa, Ukraina öqqa tutilmasa, saylov ötkazişga qarşi emasman, dedi. Menimça, hozir saylov ötkazilsa, Zelenskiy ğolib bölişiga şubha yöq, Tramp ham şunga öxşaş gap aytdi. Çunki «Mindiç işi» kutilganidek rezonans bermadi, Zelenskiy vaziyatdan yaxşi çiqib ketdi. Budanov, Zalujniy kabi harbiylar ham endi oldingi kabi maşhur emas, media olamda Zelenskiy yakka hukmron. Şu bois u saylov haqida işonç bilan gapirmoqda.
Ötkir Jalolxonov tayyorladi
Tasvirçi va montaj ustasi — Faxriddin Hotamov











