The Wall Street Journal gazetasi 13 dekabr kuni Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning AQŞ tinçlik rejasiga javobini «ha, lekin…» sözlari bilan ifodalaş mumkinligi haqida yozdi. Naşr Zelenskiy «öz xalqi işonçini yöqotmagan holda Oq uy taklifiga konstruktiv yondaşmoqçi» ekanini qayd etgan.

Xususan, Zelenskiy Ukrainada saylov ötkazişga tayyor, ammo buning uçun avval öt oçişni töxtatiş kerak. Ukraina prezidenti fikriça, keng kölamli uruşning ilk kunlarida egallab olingan Zaporijjya atom elektr stansiyasida Rossiyaning ma’lum bir iştirokini saqlab qolinişiga rozi böliş mumkin, ammo AES Ukraina va AQŞ tomonidan nazorat qilinişi kerak. Zelenskiy Ukraina armiyasidagi harbiylar soniga çeklov örnatilişiga rozi, ammo bu çegara hozirgi darajada bölişi kerak.

Avvalroq Axios Ukraina AQŞning tinçlik rejasiga öz javobini 10 dekabr kuni taqdim etganini xabar qilgandi. Kiyev öz javobini Yevropadagi ittifoqçilar bilan maslahatlaşgan holda tayyorlagan. Javob izohlar va «bularning barçasini amalga oşiriş uçun» taklif etilayotgan tuzatişlarni öz içiga oladi, degan Ukraina rasmiysi Axios bilan suhbatda anonim tarzda.

AQŞning dastlabki rejasi Ukraina NATOga a’zo bölmasligini, 100 kun içida mamlakatda prezidentlik saylovlari ötkazilişini hamda Rossiya hali Donbassda egallab olmagan hududlarni taşlab çiqişni közda tutardi.

The New York Times ma’lumotiga köra, Kiyev öz javobida Ukraina ayni vaqtda mamlakatning şarqida Ukraina qurolli kuçlari nazoratida bölib turgan hududlar ustidan nazoratni saqlab qolişi kerakligini bildirgan.

AQŞ Donbassning Ukraina nazoratida qolayotgan qismini «erkin iqtisodiy zona» yoki «harbiylardan xoli hudud»ga aylantirişni taklif qilgan. AQŞ rejasiga köra, Ukraina öz qöşinlarini olib çiqib ketadi, Rossiya harbiylari ham u yerga kira olmaydi. WSJ ma’lumotlariga köra, Zelenskiy bu taklifni butunlay rad etmagan va töliqroq ma’lumot berişni söragan. U agar Ukraina u yerdan ketadigan bölsa, Rossiya qurolli kuçlarining oldinga siljişiga nima tösqinlik qilişi haqida savol qöygan – yoki hududni nazorat qiliş uçun fuqarolik niqobi ostida kirişga Moskvaga nima tösqinlik qilişini.

Bundan taşqari, The New York Times naşrining yozişiça, Ukraina «NATOning oçiq eşiklar siyosati» tamoyili nomiga bölsa ham saqlab qolinişini istamoqda. Şuningdek, Kiyev Rossiyaning kelajakdagi ehtimoliy tajovuzidan himoyalaniş kafolatlarini qonuniy ravişda mustahkamlaşni talab qilmoqda. Axios ma’lumotlariga köra, AQŞ Ukrainaga NATOning beşinçi moddasiga asoslangan xavfsizlik kafolatlarini berişga tayyor. Kreml esa bu paytda Zelenskiy Ukrainani NATOga olib kira olmasligiga «million foizlik» kafolat bermoqda.