“Elektron retsept” tizimini bosqiçma-bosqiç joriy etiş tartibi töğrisida”gi nizom Adliya vazirligida davlat röyxatidan ötkazildi (röyxat raqami: 3725-son, 2025 yil 15 dekabr).
Nizomga muvofiq, bemorga tayinlangan dori vositalari haqidagi ma’lumot elektron retseptga bevosita şifokor tomonidan kiritiladi. Retsept esa elektron tasdiqlaş usullari orqali tasdiqlanadi.
Elektron retseptga ötkaziladigan dori vositalarining guruhlarini şakllantiriş maqsadida Soğliqni saqlaş vazirining buyruği bilan Ekspertlar kengaşi taşkil etiladi. Mazkur kengaş elektron retsept tizimiga bosqiçma-bosqiç ötkaziladigan dori vositalari röyxatini şakllantirib boradi.
Qayd etilişiça, retsept bilan beriladigan dori vositalarini elektron retsept asosida tayinlaşning 1-bosqiçida quyidagi guruhlar qamrab olinadi:
antibiotiklar va tizimli ta’sir etuvçi sintetik antibakterial dori vositalari;
tizimli ta’sir etuvçi gormonal dori vositalari.
Şuningdek, Soğliqni saqlaş vazirligi huzurida taşkil qilingan 1003 qisqa raqamli Call-markaz orqali yotoq rejimida bölgan va surunkali kasallikka çalingan bemorlar uçun qator imkoniyatlar yölga qöyilişi belgilangan. Jumladan, ular özlari biriktirilgan oilaviy şifokorga murojaat qilişi, şuningdek davolaş kursini davom ettiriş uçun oilaviy şifokor yoki tor soha mutaxassisiga masofadan murojaat qiliş orqali elektron retsept olişi mumkin böladi.

















