17–19 dekabr kunlari Özbekiston böyiça yoğingarçilik kuzatiladi, deya xabar bermoqda «Özgidromet».
Duşanba kunning birinçi yarmida Farğona vodiysi viloyatlarida ba’zi joylarda yomğir yoğadi, qorga aylanişi mumkin. Toşkent, Samarqand, Jizzax, Sirdaryo, Qaşqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida ertalab biroz yoğingarçilik (yomğir, höl qor) böladi, kunduzi yoğingarçilik kutilmaydi. Respublikaning toğli hududlarida yoğingarçilik kutilmaydi. Harorat +2…+5 daraja böladi.
Seşanba kuni ertalab Özbekiston hududi böyiça yoğingarçilik kutilmaydi, faqat keçga tomon respublika böyiça ba’zi joylarda yomğir yoğişi mumkin. Harorat keçasi –2…+3 daraja, kunduzi +5…+10 daraja böladi.
Çorşanba–juma kunlari respublikaning aksariyat viloyatlarida vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir qorga aylanadi) böladi. Qoraqalpoğiston Respublikasi va Xorazm viloyatida asosan yoğingarçiliksiz ob-havo kuzatiladi.
Harorat 17 dekabrda keçasi +1…+4 daraja, kunduzi +4…+7 daraja iliq böladi, 18–19 dekabrda keçalari harorat asta-sekin 0…–3 darajagaça pasayadi, kunduzi 0…+3 daraja böladi.
Respublika böyiça ba’zi joylarga tuman tuşadi. Şamol 7–12 metr/soniya tezlikda esadi. Toğli hududlarda vaqti-vaqti bilan qor yoğadi, 17–18 dekabrda ba’zi joylarda kuçli böladi. Qor köçişi xavfi bor.
Toşkent şahrida duşanba kuni harorat +3…+5 daraja böladi. 16 dekabr kuni keçga tomon yomğir yoğişi mumkin. Harorat keçasi –1…+1 daraja, kunduzi +7…+9 daraja böladi.
17–19 dekabrda vaqti-vaqti bilan yoğingarçilik (yomğir, 18–19 dakabrda qorga aylanadi) böladi. Harorat 17 dekabrda keçasi +2…+4 daraja, kunduzi +5…+7 daraja böladi, 18–19 dekabrda keçalari harorat asta-sekin 0…–3 darajagaça pasayadi, kunduzi 0…+3 daraja böladi.












