Berlinda Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning AQŞ prezidenti maxsus vakili Stiv Uitkoff hamda Donald Trampning kuyovi Jared Kuşner bilan muzokaralari davom etmoqda. Muzokaralarga Yevropa davlatlari vakillari, jumladan, Germaniya kansleri Fridrix Mers va Buyuk Britaniya boş vaziri Kir Starmer ham qöşilişi kutilmoqda.
14 dekabr kuni Zelenskiyning amerikaliklar bilan muzokaralari beş soatdan ortiq davom etdi. Uitkoff uçraşuv yakunlari böyiça tinçlik rejasi muhokamasida «sezilarli siljiş» bölganini ma’lum qildi.
Ammo, The Wall Street Journal naşri öz manbasiga tayanib yozişiça, muzokaralar «murakkab» keçgan, çunki AQŞ vakillari «murosaga borişni xohlamayapti». Naşr xabarida qayd etilişiça, AQŞ va Ukraina uçraşuvlari «Rossiya iştirokisiz ham arqon tortişga aylandi»: Vaşington tezroq qaror qabul qilişni talab qilmoqda, Zelenskiy va yevropaliklar esa hal qilinişi vaqt talab qiladigan «jiddiy kelişmovçiliklar» haqida gapirmoqda.
Hududiy masala eng murakkabi bölib qolmoqda. Politico naşri Fransiyadagi manbasiga tayanib yozişiça, Ukraina AQŞning Donbassda Amerika kompaniyalari işlaşi mumkin bölgan qurolsizlantirilgan «erkin iqtisodiy zona» yaratiş taklifini rad etgan. Germaniyaning Bild naşri ham Ukraina qöşinlari Donetsk oblastining öz nazoratidagi qismini tark etişi masalasi Kiyev uçun «qizil çiziq» ekanini yozmoqda – naşrga köra, Ukraina Rossiya bunga javoban öz qöşinlarini olib çiqib ketişdan boş tortişidan xavotirda.
Yevropa davlatlari vakillari ham Ukraina işonçli xavfsizlik kafolatlarini olmagunça, hududlar masalasida heç qanday oldinga siljiş bölmaydi, degan pozitsiyada.
Zelenskiy 14 dekabr kungi muzokaralardan oldin ham agar Ukraina AQŞ va boşqa hamkorlardan NATO nizomining beşinçi moddasi bilan taqqoslanadigan işonçli kafolatlar olsa (unga köra, Rossiya yana hujum qilgan taqdirda, kafil davlatlar Ukrainaga harbiy yordam körsatiş majburiyatini oladi), murosa sifatida NATOga qöşilişdan voz keçişga tayyorligini aytayotgandi.
Aholi kayfiyati
Kiyev xalqaro sotsiologiya instituti tomonidan ötkazilgan yangi sörov natijalariga köra, ukrainlarning deyarli uçdan ikki qismi (63 foizi) «qança kerak bölsa, şunça vaqt» uruşga çidaşga tayyor.
Bu körsatkiç sönggi yarim yil davomida deyarli özgarişsiz qolmoqda – may oyida respondentlarning 60 foizi, sentabr oyida esa 62 foizi şunday fikrda edi. Uruşning dastlabki yillarida bu körsatkiç muntazam ravişda 70 foizdan yuqori bölgan, eng past körsatkiç esa ötgan qişda kuzatilgandi: öşanda Ukraina aholisining 60 foizdan kamroği uruş davom etişiga tayyorligi haqida gapirgandi.












