Ukraina Xavfsizlik xizmati (SBU) navbatdagi noyob maxsus operatsiyani ötkazgani va Rossiyaning Novorossiysk portida suvosti kemasiga zarba berganini e’lon qildi.

Qayd qilinişiça, tarixda birinçi marta Sub Sea Baby suvosti dronlari Rossiyaning 636.3 sinfidagi «Varşavyanka» suvosti kemasini portlatgan.

Hujum qaçon sodir bölganiga aniqlik kiritilmagan. Ukrainada ta’kidlanişiça, suvosti kemasi Novorossiysk portida joylaşgan va uning bortida Ukraina hududiga zarba beruvçi «Kalibr» qanotli raketalarining törtta uçiriş moslamasi bölgan.

Ukraina Mudofaa vazirligi SBU bayonotiga izoh bermadi.

Ta’kidlanişiça, «Varşavyanka» sinfidagi suvosti kemasining narxi taxminan 400 million AQŞ dollarini taşkil etadi.

Rossiya Mudofaa vazirligi suvosti kemasi yöq qilingani haqida xabar bermadi.