Rinoplastika ijtimoiy tarmoqlarda “xavfsiz” muolaja sifatida tarğib qilinadi, lekin u bilan boğliq ölim va oğir asoratlar haqidagi xabarlar ortib bormoqda. Xususan, yaqinda 31 yoşli yigitning rinoplastika vaqtida vafot etişi, avvalroq xuddi şu klinikada boşqa bir bemor notöğri narkoz sabab nogiron bölib qolgani – tibbiy xatolar ortida tizimli muammolar yotganiga işora qilyapti.

Yaqinda Toşkentdagi xususiy klinikada 31 yoşli yigit burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi. Dastlabki ma’lumotlarda bunga anafilaktik şok sabab deyilgan, marhumning yaqinlari esa uning ölimi narkozning köp berilişi tufayli deyişgan.

Bu voqeadan keyin Kun.uz'ga 2 yil avval şu klinikada burnini operatsiya qildirgan va nogironga aylangan yoş qizning onasi murojaat qildi.

“2022 yilda qizimga şifokorlar burnida ösmasi bor deyişgani uçun şu klinikaga operatsiyaga borgan. Operatsiya vaqtida soat 12:20 da yurak töxtaşi yuz bergan. Şundan keyin miyaga qon bormagan, kislorodsiz qolgandan keyin miyada şiş paydo bölgan. Şifokorlar elektroşok bilan yurak urişini tiklaşgandan keyin miyadagi şiş qaytmagan. Qizim koma holatiga tuşib qolgan. Xotirasini yöqotgan, özini bilmagan holatda, oyoq-qöllari işlamagan, hattoki boşini tik tutib tura olmaydigan holatda komadan çiqdi”, – deydi Ra’no Janonova.

Onaning aytişiça, tergov jarayonida holat anesteziolog aybi bilan yuz bergani aniqlangan va şifokor jazolangan.

“Klinika bizga mayli tölab bermadi, aybiniyam böyniga olayotgani yöq. “Biz aybdormasmiz, sud adolatli qaror çiqardi, anesteziolog aybdor böldi. Uni işdan böşatdik, heç qanday aybimiz yöq” deyişdi. Boşqa anesteziolog işga olişdi. Natijasi, mana, 31 yoşli yigitning onasi mendan battar bözlab qoldi. Bundan keyin yana şunaqa holatlar bölişini istamayman, bunday holatlar juda köp çunki”.

Klinika rahbari Qalampir.uz naşriga bergan intervyusida ayolning da’volarni rad etib, xato anesteziologdan ötganini, bunda klinika rahbariyati özini aybdor xis qilmayotganini, qizning nogiron bölib qolişi esa uning taqdirida borligini aytgan.

Ijtimoiy tarmoqlarda xususiy klinikalar rinoplastika amaliyotini xavfsiz deya talqin qilişadi. Lekin bu operatsiya bilan boğliq ölim holatlarining köpligi buni inkor etmoqda. Rinoplastika operatsiyasida yuz bergan va ommaga ayon bölgan ölim holatlarini örganib körganimizda aksariyatiga anesteziya bilan boğliq omillar sabab bölgani aytilgan.