Aksiya umumiy 1,5 milliard söm miqdoridagi sovrin jamğarmasiga ega bölib, Xolis’ni kundalik faoliyatida işlatayotgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va özini özi band qilgan şaxslar uçun möljallangan.
Aksiyada iştirok etiş şartlari:
• Tadbirkor Xolis tizimida röyxatdan ötgan bölişi kerak.
• Aksiya davrida quyidagi miqdorda tranzaksiyalar amalga oşirilişi lozim:
— Toşkent şahri va Toşkent viloyatida — kamida 50 mln söm,
— Özbekiston hududlari va Qoraqalpoğiston Respublikasida — kamida 30 mln söm.
Har bir hududda aksiya davrida tranzaksiyalar hajmi eng yuqori bölgan TOP-10 tadbirkor aniqlanadi. Agar iştirokçilarning aylanma hajmi teng bölsa, şartlarni avvalroq bajargan tadbirkor ustunlikka ega böladi.

Sovrinlar:
• 15 ta asosiy ğolib (har bir hududdan bittadan) 50 000 000 sömdan pul mukofotiga ega böladi.
• Qoraqalpoğiston Respublikasida ham bir nafar ğolib umumiy şartlar asosida asosiy sovrinni qölga kiritadi.
• Har bir hududda 2–10-örinlarni egallagan iştirokçilar kir yuviş maşinalari, muzlatkiçlar, telefonlar va havo tozalagiçlar kabi sovğalar bilan taqdirlanadi.
Natijalarni e’lon qiliş:
Har bir hudud böyiça natijalar çiqarilib, ğoliblar 2026 yil 10–20 yanvar kunlari Paynet’ning rasmiy YouTube kanalida e’lon qilinadi.
Xolis — biznesingiz telefonida
Bugungi kunda tadbirkorga murakkab tizimlar va qimmat uskunalar kerak emas. Faqatgina smartfoningizda Xolis ilovasi bölsa kifoya — biznesni tezkor, şaffof va qulay tarzda boşqarişingiz mumkin.
















