Rossiya prezidenti Vladimir Putin Baykal köli atrofidagi tabiatni muhofaza qiliş hududida nobud bölgan örmonlarni yalpi kesişga ruxsat beruvçi qonunni imzoladi. Bir neça kun oldin Davlat dumasi va Federatsiya kengaşi tomonidan qabul qilingan hujjat seşanba, 16 dekabr kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Yangi qonun, agar avval tanlab kesiş (selektiv) ötkazilib, örmon qoplami tiklanişiga olib kelmagan bölsa, örmonlarni “sanitar” maqsadda yalpi kesişga yöl qöyadi. Bunda yalpi kesiş amalga oşiriladigan hududlarni maxsus komissiya ruxsatidan keyin hukumat belgilaydi. Komissiya tarkibiga Davlat dumasi deputatlari, senatorlar, prezident ma’muriyati va hukumat vakillari, FSB hamda Baykal hududidagi ikki mintaqa — Irkutsk viloyati va Buryatiyaning oliy mansabdor şaxslari kiradi.

Bundan taşqari, yangi me’yor Baykal atrofidagi hududlar maqomini “tabiatni muhofaza qiliş örmonlari”dan “qurilişga yaroqli yerlar”ga özgartirişga ham yöl qöyadi. Bu esa yöllar va boşqa obektlar qurilişi uçun yöl oçadi.

Baykal tabiiy hududining markaziy ekologik zonasida yalpi kesiş haqidagi qonunni qabul qilişga ikki yil avval ham uriniş bölgandi. 2023 yil iyul oyida Davlat dumasi qonun loyihasini birinçi öqişda ma’qullagan, biroq şundan keyin keng kölamli tanqid tölqini kuzatilgan.

Ekologlar va olimlar Baykalga katta zarar yetişi va amaldagi qonunlar buzilişi mumkinligidan ogohlantirgan. Ular yalpi kesiş imkoniyati kölni muhofaza qilişni zaiflaştiradi va uning sohillarida quriliş avj olişiga olib keladi, bu esa, oxir-oqibat, Baykalning noyob ekotizimini yöq qiladi, deb hisoblaydi.

Loyiha tanqidçilari ta’kidlaşiça, amaldagi qonunçilik ham Baykal atrofida nobud bölgan örmonni kesişni taqiqlamas edi — taqiq faqat yoğoçni olib çiqib ketişga qöyilgan. “Bunday çeklov örmon sanoati kompaniyalarida qadimiy örmonlarni yoğoçini sotiş uçun kesişga qiziqiş bölmasligi uçun öylab topilgan edi. Endi esa Davlat dumasi ularga bunday imkoniyatni bermoqçi”, — deyiladi dekabr boşida e’lon qilingan, Putinga yöllangan murojaat mualliflari bayonotida.

Baykal köli YuNeSKOning jahon merosi röyxatiga kiritilgan Rossiyada joylaşgan 29 obektdan biri, şuningdek tabiiy mezonlar asosida röyxatga kiritilgan 11 obektdan biri hisoblanadi. Bu röyxatga, masalan, Komi örmonlari va Kamçatka vulqonlari ham kiradi.