Marşall orollari bazaviy şarsiz daromad umummilliy dasturini işga tuşirgan dunyodagi birinçi davlat böldi. The Guardian naşrining yozişiça, barça fuqarolar har çorakda 200 dollarga teng miqdorda pul oladi. Şu bilan birga, aholi tölovlarni qanday şaklda olişni tanlaşi mumkin: bank hisobiga ötkaziş, çek yoki kriptovaluta.

Mahalliy rasmiylarning sözlariga köra, arxipelag aholisi birinçi tölovlarni allaqaçon olgan. 60 foiz holatda pullar bevosita bank hisob raqamlariga ötkazilgan, qolgan hollarda odamlar qoğoz çeklarni olişgan. Kriptohamyonlarga tölovlarni oliş uçun atigi 12 kişi röyxatdan ötgan.

«Biz, hukumat, heç kim qöllab-quvvatlaşsiz qolmasligiga işonç hosil qilmoqçimiz. Yiliga 800 dollar sizni işdan böşaşga majbur qilmaydi, ammo bu odamlar uçun öziga xos ma’naviy rağbatdir», dedi Marşall orollari moliya vaziri Devid Pol.

Bazaviy şarsiz daromad dasturi AQŞ bilan kelişuv doirasida taşkil etilgan jamğarma tomonidan moliyalaştiriladi. Uşbu kelişuv, xususan, Marşall orollariga amerikaliklar arxipelagda önlab yillar davomida ötkazgan yadroviy sinovlari uçun tovon tölaşni nazarda tutadi. Jamğarma $1,3 mlrddan ortiq aktivlarni boşqaradi, yana $500 mln 2027 yilgaça ajratiladi.

Marşall orollari - Tinç okeanidagi arxipelag bölib, 29 ta marjon orollari, beşta yirik va mingdan ortiq kiçik orollarni öz içiga oladi. Mamlakatda 40 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi, ularning taxminan yarmi poytaxt Majuro şahrida joylaşgan.

Ötmişda ayrim mamlakatlar (AQŞ, Kanada, Italiya, Şveytsariya, Finlyandiya, Hindiston va boşqalar) bazaviy şarsiz daromad böyiça eksperimental loyihalarni işga tuşirgan, ammo faqat alohida şaharlar yoki kiçik hududlar darajasida.