Toşkent şahridagi tungi klub oldida zöravonlik qilgan Akmal Şukurov ozodlikka çiqarildi. Unga oid jinoyat işini körib çiqqan apellyatsiya sudi dastlabki sud hukmini özgartirdi.

Sud ajrimida keltirilişiça, Akmal Şukurov fuqaro I.Ş.ga Germaniya davlatidan 3 ta Mercedes-Benz mikroavtobusini yetkazib berişni va’da qilib, 2022 yil 8 avgustga qadar undan 215 ming yevro miqdorda pul olgan. Biroq va’da qilingan mikroavtobusdan ikkitasini yetkazib bermasdan, I.Ş.ning 191 600 yevro mablağini şaxsiy ehtiyojlariga işlatib yuborgan.

Şuningdek, Akmal Şukurov 2024 yil 17 noyabr kuni tunda Mirzo Uluğbek tumanidagi “Bootlegger” kafesida özaro kelişmovçilik ortidan tanişi M.A.ni urib, tan jarohati yetkazgan.

2025 yil 16 mart kuni tunda esa u Yakkasaroy tumanidagi “The Tower” mehmonxonasi yonida restorandan çiqqan K.Ye.ga tegajoğlik qilgan. Ayolning turmuş örtoği A.X. xotinining şa’nini himoya qilganida Akmal Şukurov erkak va ayolga, şuningdek, voqea joyida bölgan Ye.K.ga zarba bergan. Buning oqibatida X.A. va Ye.K. yengil tan jarohati olişgan.

Bundan taşqari, Akmal Şukurov öşa kuni “The Tower” mehmonxonasi yonida uning bezorilik harakatlariga çek qöymoqçi bölgan B.ning yuziga muşt tuşirib, unga hayot uçun xavfli bölgan oğir tan jarohati yetkazgan. Buning oqibatida 35 yoşli B. boş miya jarohati, öng yuzidan lunji yirtilgan jarohati va spirtdan zaharlaniş taşxisi bilan şifoxonaga yotqizilgan. Yaqinlari unda tezkor ravişda 5 soatlik miya trepanatsiyasi operatsiyasi ötkazilganini, söngra sun’iy komaga tuşirilganini aytgan.

Voqea joyidan qoçib yaşiringan Akmal Şukurov köp ötmay Qozoğistonda qölga olingandi.

JIB Mirzo Uluğbek tuman sudining 2025 yil 24 oktyabrdagi hukmiga köra, Akmal Şukurovga Jinoyat kodeksining:

  • 168-moddasi 4-qismi “a” bandi, juda köp miqdorda firibgarlik bilan 8 yil;