Bezoriligi uçun ozodlikdan mahrum qilingan Akmal Şukurov işi böyiça xizmat tekşiruvi tayinlandi. Bu haqda Sudyalar oliy kengaşi rasmiy bayonot berdi.
Ma’lum qilinişiça, 8 yil 1 oyga qamalgan Akmal Şukurovning apellyatsiya sudi tomonidan oçiqqa çiqarib yuborilişi keng muhokamalarga sabab bölgan. Unga oid jinoyat işi Toşkent şahar sudi apellyatsiya instansiyasida körib çiqilişi bilan boğliq holatlarga oydinlik kiritiş yuzasidan xizmat tekşiruvi tayinlangan.
Xizmat tekşiruvi Sudyalar oliy kengaşi tomonidan ötkazilmoqda. Uning natijasi böyiça qöşimça axborot berilişi bildirildi.
Jinoyat işini apellyatsiya instansiyasida körib çiqişda Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudyasi Odilbek Ilhomjonov raislik qilgan. Hay’at sudyalari esa Mirziyod Abidov va Muxtarama Turğunova bölgan.
Tungi klub oldida tanişini himoya qilişga uringan şaxsga kuçli zarba berib, komaga tuşirib qöygan, söngra voqea joyidan qoçib ketib, köp ötmay Qozoğistonda qölga olingan va Özbekistonga ekstraditsiya qilingan Akmal Şukurovga JIB Mirzo Uluğbek tuman sudining 2025 yil 24 oktyabrdagi hukmi bilan 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangandi.
Toşkent şahar sudi jinoyat işlari böyiça apellyatsiya instansiyasi sudi 9 dekabrdagi ajrimi bilan 8 yil 1 oy ozodlikdan mahrum qiliş jazosini 4 yil 1 oy muddatga ozodlikni çeklaş jazosiga özgartirib, Akmal Şukurovni darhol sud zalidan qamoqdan ozod qilib yubordi. 18 dekabr kuni jinoyat işi Toşkent şahar prokuraturasi tomonidan kiritilgan protest asosida taftiş instansiyasida qayta körib çiqildi va Akmal Şukurovga 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlanib, u qamoqqa












