Boş prokuratura Akmal Şukurovning apellyatsiya şikoyatini körgan sudyalar Toşkent şahar sudi raisi örinbosari Murodjon Mirzajonovning bosimi ostida noqonuniy va adolatsiz ajrim çiqarişganini ma’lum qildi. Hozirda ularning barçasi qamoqqa olingan.
Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudyalari Odilbek Ilhomjonov, Mirziyod Abidov va Muhtarama Turğunova, şuningdek, Toşkent şahar sudi raisi örinbosari – jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati raisi Murodjon Mirzajonovga tegişli moddalar böyiça jinoyat işi oçildi. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.
«Toşkent şahar sudi raisi sobiq örinbosari Murodjon Mirzajonovga nisbatan Jinoyat kodeksining 231-moddasi 2-qismi, 236-moddasi 2-qismi bilan hamda jinoyat işlari böyiça şahar sudining sobiq sudyalari Odilbek Ilxomjonov, Mirziyod Abidov va Muhtarama Turğunovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 231-moddasi 2-qismi bilan jinoyat işi qözğatilgan», – deyiladi xabarda.
Iş hujjatlariga köra, A.Şukurov juda köp miqdorda özganing mulkini firibgarlik yöli bilan qölga kiritiş, bezorilik, qasddan badanga oğir şikast yetkaziş jinoyatlarini sodir etgani yuzasidan jinoyat işlari böyiça Mirzo Uluğbek tumani sudi hukmiga köra, Jinoyat kodeksining bir qator moddalari bilan aybdor deb topilib, unga 8 yil 1 oy muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlangan.
Sudlanuvçi A.Şukurov yuqoridagi hukmdan norozi bölib, sudga qilgan apellyatsiya şikoyati apellyatsiya instansiyasining sudyalari O.Ilhomjonov, M.Abidov va M.Turğunova tomonidan körib çiqilib, birinçi instansiya sudining hukmini özgartiriş, unga nisbatan Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllab, 3 yil ozodlikdan mahrum qiliş jazosiga almaştiriş töğrisidagi xulosaga kelişgan.
Biroq, Toşkent şahar sudi raisi örinbosari M.Mirzajonov mansab mavqeyidan foydalanib, iş har tomonlama, töla va xolisona körilişiga tösqinlik qilib, sud işlariga aralaşib, sudyalarga qonunga xilof ravişda ta’sir ötkazişi oqibatida, sudyalar uning topşiriği noqonuniy ekanini oldindan bila turib, odil sudlovni amalga oşiriş va qaror qabul qilişda mustaqil bölsalar-da, javobgarlikning muqarrarligi prinsipiga amal qilmasdan, birinçi instansiya sudining hukmini özgartirib, Jinoyat kodeksining 57-moddasini qöllab, qamoq ehtiyot çorasini bekor qilgan holda, jazoni uzil-kesil 3 yil 3 oy muddatga ozodlikni çeklaşga almaştirib, uni sud zalidan qamoqdan ozod etib, oğir oqibatlarga sabab bölgan noqonuniy va adolatsiz ajrim çiqarişgan.











