Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça 3 nafar sudyasi va Toşkent şahar sudi raisi örinbosari lavozimidan ozod etildi. Sudyalar oliy kengaşi matbuot xizmati Kun.uz’ga tasdiqlaşiça, bu iste’folar Akmal Şukurov işi bilan boğliq.
Sudyalar oliy kengaşi matbuot xizmati xabariga köra, kengaş qarori bilan yozma arizasiga binoan hamda odil sudlovni amalga oşiriş çoğida qonuniylikni buzgani uçun «Sudlar töğrisida»gi qonunning 79-moddasi 1-qismi 2,10-bandlariga asosan Muhtarama Mahamadaliyevna Turğunova, Odilbek Ilhomjon öğli Ilhomjonov hamda Mirziyod Mirdjololitdinoviç Abidovning sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, Toşkent şahar sudining jinoyat işlari böyiça sudyasi lavozimidan ozod etilgan.
Şuningdek, prezidentning 2025 yil 25 dekabrdagi farmoyişiga muvofiq, Murodjon Qodiroviç Mirzajonov ham yozma arizasiga binoan hamda odil sudlovni amalga oşiriş çoğida qonuniylikni buzgani uçun «Sudlar töğrisida»gi qonunning 79-moddasi 1-qismi 2,10-bandlariga asosan sudyalik vakolatlari muddatidan ilgari tugatilib, Toşkent şahar sudi raisi örinbosari – jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati raisi lavozimidan ozod qilingan.
Öz navbatida, Farhodjon Boqijonoviç Ğaniyev Murodjon Mirzajonov örniga Toşkent şahar sudi raisi örinbosari – jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlangan. U şu vaqtgaça Andijon viloyat sudi raisi lavozimida işlayotgandi.
Murodjon Abduqohoroviç Ababakirov esa Andijon viloyat sudi raisi örinbosari ‒ jinoyat işlari böyiça sudlov hay’ati raisi lavozimiga tayinlangan.
Akmal Şukurov işi
Şukurovning jinoiy işi beşta epizodni öz içiga oladi, eng şov-şuvlisi – şu yilning sentabr oyida Yakkasaroy tumanidagi The Tower mehmonxonasi oldida bir neça kişi kaltaklanişi bilan boğliq.
Öşanda u tungi klub oldida tanişini himoya qilişga uringan Boris Avakyanga kuçli zarba berib, komaga tuşirib qöygan, söngra voqea joyidan qoçib ketib, köp ötmay Qozoğistonda qölga olingan












