Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh iqtisodiy ko‘rsatkichlari yaxshilangani fonida oltin narxi barqarorlashdi
Qo‘shma Shtatlarda ikkinchi chorakdagi iqtisodiy o‘sish kutilganidan yuqori bo‘lgani va ishsizlik arizalarining kamayishi fonida oltin narxi barqaror darajada qoldi. Bu investorlarning Federal rezerv yil oxirigacha foiz stavkalarini pasaytirishiga bo‘lgan kutilmalarini pasaytirdi.
Foto: REUTERS
Reuters xabariga ko‘ra, juma kuni spot oltin unsiyasi 3748,41 dollardan savdolashdi. Bu hafta esa narx 1,6 foizga ko‘tarildi. Dekabr oyidagi AQSh oltin fyucherslari ham 3774,5 dollar darajasida qoldi.
Mutaxassislarning qayd etishicha, ikkinchi chorakda iqtisodiy o‘sish sur’atlari yuqori bo‘lgani hamda ishsizlik bo‘yicha arizalarning kamayishi investorlarning Federal rezerv (FED) yil oxirigacha foiz stavkalarini pasaytirishiga bo‘lgan kutilmalarini pasaytirdi.
Shuningdek, AQSh prezidenti Donald Trampning yangi bojxona tariflari haqidagi bayonoti ham oltin narxlariga qisqa muddatli qo‘llab-quvvatlash berdi. Endi investorlar e’tibori Federal rezervning asosiy inflatsiya ko‘rsatkichi — PCE indeksiga qaratilgan. U avgust oyida yillik 2,7 foizga, oylik 0,3 foizga o‘sishi kutilmoqda.
“KCM Trade” kompaniyasi tahlilchisi Tim Uotererning ta’kidlashicha, oltin savdosi biroz sust ketmoqda, chunki treyderlar asosiy PCE (shaxsiy iste’mol xarajatlari) ma’lumotlari yuqori chiqishidan ehtiyot bo‘lib, kuchli qaror qabul qilishdan tiyilmoqda.
Payshanba kuni e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, AQShda haftalik ishsizlikka da’vo arizalari kamaydi, iqtisodiyot esa kuchli iste’mol xarajatlari va biznes investitsiyalari hisobiga ikkinchi chorakda kutilgandan tezroq o‘sdi.
Shuning ortidan investorlar FED oktabr va dekabr oylarida stavkalarni pasaytirish ehtimolini pasaytirdi: CME FedWatch Tool ma’lumotlariga ko‘ra, oktyabrda stavkani pasaytirish ehtimoli 91 foizdan 85 foizga, dekabrda esa 76 foizdan 60 foizga tushdi.
Tramp payshanba kuni 1 oktyabrdan boshlab keng ko‘lamli import tovarlariga nisbatan yangi jazolovchi tariflar joriy etilishini e’lon qildi. Endi barcha e’tibor shaxsiy iste’mol xarajatlari narx indeksiga qaratilgan. Bu hisobot, Reuters so‘roviga ko‘ra, avgust oyida oylik 0,3 foiz va yillik 2,7 foizga o‘sishni ko‘rsatishi kutilmoqda.
Xitoyda jismoniy oltinga talab bu hafta yana zaiflashdi, biroq boshqa yirik Osiyo bozorlarida yuqori narxlarga qaramay, barqaror xaridlar davom etdi, chunki xaridorlar narx oshishidan umid qilyapti.
Bundan tashqari, kumush deyarli 1 foizga pasayib, bir unsiya uchun 44,83 dollarni tashkil etdi. Platina 0,8 foizga ko‘tarilib, 1 541,39 dollarga chiqdi va so‘nggi 12 yildagi eng yuqori ko‘rsatkichga yaqinlashdi. Palladiy esa 0,9 foizga o‘sib, 1 261,59 dollarni tashkil etdi. Ushbu uchala metall ham haftalik o‘sishga yo‘nalmoqda.
Mavzuga oid
09:40
NYT OAV uchun joriy etilgan cheklovlar sabab Pentagonni sudga berdi
09:20
Chegaradan noqonuniy olib o‘tilgan 1,1 mlrd so‘mlik oltin qo‘lga olindi
09:00
NATO Shimoliy Yevropa mudofaasi bo‘yicha shtabni AQShga ko‘chiradi
08:40