Ukraina xavfsizlik xizmati (UXX) yangi «misli körilmagan operatsiya» ötkazilganini e’lon qildi - Rossiyaning «yaşirin floti» tankeri ilk bor Örtayer dengizida Ukraina hududidan 2 ming kilometr uzoqlikda yöq qilindi.
Gap Qendil kemasi haqida ketmoqda, u köp bosqiçli çora-tadbirlar natijasida Örtayer dengizining neytral suvlarida UXX Maxsus operatsiyalar markazi havo dronlari bilan urilgan.
Ukraine's SBU struck shadow fleet tanker Qendil in neutral Mediterranean waters over 2,000 km from Ukraine for the first time, causing critical damage rendering it inoperable, sources tell RBC Ukraine. pic.twitter.com/CxNM7qLjLo
— WarTranslated (@wartranslated) December 19, 2025
Maxsus operatsiya vaqtida kema yuksiz edi. Bu hujum «mintaqadagi ekologik vaziyatga heç qanday tahdid solmasligi» ta’kidlanmoqda.
Ma’lum qilinişiça, hujum oqibatida QENDIL tankeri jiddiy şikastlangan va endi undan maqsadli foydalaniş mumkin emas.
Bloomberg taqdim etgan navigatsiya ma’lumotlariga köra, uşbu neft tankeri Ummon bayroği ostida Hindistondan çiqib, Rossiyaning Ust-Luga portiga suzgan.
«Tajovuzkor davlat bu tankerdan sanksiyalarni çetlab ötiş va Ukrainaga qarşi uruşga ketayotgan pullarni işlab oliş uçun foydalangan. Şuning uçun xalqaro huquq va uruş qonunlari va odatlari nuqtai nazaridan bu UXX uçun mutlaqo qonuniy nişondir. Duşman Ukraina töxtamasligini va dunyoning istalgan nuqtasida, qayerda bölişidan qat’i nazar, unga zarba berişini tuşunişi kerak», deb mahalliy OAV UXXdagi manba sözlarini keltirdi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putin Moskvadagi yillik matbuot anjumani çoğida Qendil tankeriga zarba berilganidan xabar topdi va javob qaytarişga va’da berdi.
«Hozir xabar keldi: Örtayer dengizidagi yana bir tankerimizga hujum qilindi, buni javobsiz qoldirmaymiz», dedi Putin.
Rossiya prezidenti sözlariga köra, «bu heç qaçon kutilgan natijaga olib kelmaydi, ta’minotni buzmaydi va oxir-oqibat qöşimça xavf tuğdiradi». Putin bunday harakatlar «misli körilmagan keskinlaşuvga olib kelişi va mojaroga aylanişi mumkinligi» haqida ogohlantirdi.

















