Ukrainada Rossiya rahbari Vladimir Putinni tinçlik kelişuviga majburlay oladigan faqat AQŞ prezidenti Donald Tramp, dedi NATO boş kotibi Mark Ryutte. Bu fikr 21 dekabr, yakşanba kuni Bild am Sonntag gazetasi e’lon qilgan intervyuda keltirilgan.

Ryutte qariyb tört yildan beri davom etayotgan uruşni tugatiş böyiça Oq uy rahbarining sa’y-harakatlarini yuqori baholadi. “Tramp bu masalaga mutlaqo sodiq. U bu uruşni tugatişga diqqatini qaratgan”, — deb ta’kidladi alyans rahbari.

Ryuttening aytişiça, Putinni muzokara stoliga ötirişga majburlay olgan yagona şaxs — Oq uy rahbaridir va oxir-oqibat uni tinçlik tuzişga majburlay oladigan ham aynan öşa, deb hisoblaydi u. “Şuning uçun men unga (Trampga — tahr.) katta hurmat bilan qarayman”, — dedi Mark Ryutte.

Uning fikriça, favqulodda vaziyatda NATO AQŞ qöllab-quvvatloviga işona oladi: “AQŞ oçiq aytdi — Yevropada qoladi — ham yadroviy, ham an’anaviy (qurol-yaroğ) rejalarda. Qöşinlarni Yevropadan olib çiqiş muhokama qilinmayapti”.

Şu bilan birga, Ryutte qöşimça qilişiça, Yevropa hamjamiyati mudofaa xarajatlarini sezilarli oşiriş böyiça majburiyatlarni bajarmoqda, “Köngillilar koalitsiyasi” doirasida Ukraina uçun mas’uliyatni öz zimmasiga olmoqda va NATOning şarqiy qanotini mustahkamlamoqda.

Ryutte AQŞ Kiyevni qöllab-quvvatlaşni töxtatib qöyişi mumkinligi haqidagi xavotirlarni ham rad etdi. “Men bu umuman mumkin, deb hisoblamayman. Hozirgi paytda biz axborot almaşinuvi va Ukrainaga qurol yetkazib beriş davom etayotganini köryapmiz”, — dedi u.

Bundan oldin Mark Ryutte AQŞning Rossiyaning Ukrainaga qarşi uruşiga yakun yasaş böyiça muzokaralari faollaşgan bir paytda Berlinga taşrif buyurgan. NATO boş kotibi, jumladan, 11 dekabr kungi nutqida Kiyev uruşda mağlub bölsa, oqibatlari qanday bölişini öylab körişga çaqirgan. “Biz — Rossiyaning keyingi nişonimiz”, — deb ta’kidlagan u.

Uning aytişiça, bunday holatda RFning NATOga hujum qiliş xavfi ortadi, Rossiya armiyasi esa 2030 yilga borib bunday hujumga tayyor böladi. Şu bilan birga, NATOga şarqiy qanotga hozirgidek alohida brigadalarni emas, ança yirik qöşin birlaşmalarini köçirişga töğri keladi.

Boş kotib ehtimoliy ssenariyni hatto Ikkinçi jahon uruşi bilan qiyosladi: “Biz bobolarimiz boşidan keçirgan öşa turdagi uruşga tayyor bölişimiz kerak”.