Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShni ixtiyoriy tark etgan noqonuniy migrantlarga 3000 dollardan pul beriladi
CBP Home ilovasi orqali yil oxirigacha ixtiyoriy deportatsiya uchun ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy fuqarolar vataniga bepul aviachipta bilan birga 3000 dollar miqdoridagi mablag‘ni qo‘lga kiritishi mumkin. Shuningdek, ilovadan ro‘yxatdan o‘tish oldin belgilangan har qanday fuqarolik jarimalarini ham bekor qiladi.
AQSh ma’muriyati mamlakatni o‘z ixtiyori bilan tark etgan noqonuniy muhojirlar uchun mukofotni 3000 dollargacha oshirishga qaror qildi. Bu haqda Ichki xavfsizlik vaziri Kristi Noem ma’lum qildi.
CBP Home ilovasi orqali yil oxirigacha ixtiyoriy deportatsiya uchun ro‘yxatdan o‘tgan xorijiy fuqarolar vataniga bepul aviachipta bilan birga shuncha miqdordagi mablag‘ni qo‘lga kiritishi mumkin. Shuningdek, ilovadan ro‘yxatdan o‘tish oldin belgilangan har qanday fuqarolik jarimalarini ham bekor qiladi.
«2025 yil yanvaridan boshlab 1,9 mln noqonuniy muhojir ixtiyoriy ravishda mamlakatdan chiqib ketdi va o‘n minglab kishilar CBP Home dasturidan foydalandi. Yangi yil bayrami davrida amerikalik soliq to‘lovchilar mamlakatda noqonuniy bo‘lganlarning ixtiyoriy ravishda ketishlari uchun rag‘batni uch baravarga oshirib, 3000 dollar miqdorida bonus taklif qilmoqda, ammo bu taklif faqat yil oxirigacha amal qiladi», deyiladi Kristi Noemning murojaatida.
Hisob-kitoblarga ko‘ra, noqonuniy migrantni aniqlash, hibsga olish va mamlakatdan chiqarib yuborishning o‘rtacha qiymati 17 ming dollarni tashkil etadi. Shu sababli «o‘zini deportatsiya qilish» mexanizmi iqtisodiy jihatdan maqbul yechim sifatida ko‘rilyapti.
Mavzuga oid
11:18 / 14.06.2026
Sun’iy intellekt endi shunchaki texnologiya emas, u strategik qurol
00:49 / 14.06.2026
Tramp Eron bilan kelishuv 14 iyun kuni imzolanishini ma’lum qildi
11:20 / 13.06.2026
Jeep bir milliondan ortiq avtomobilni qaytarib olmoqda
10:15 / 13.06.2026