Beş yil içida «Gazprom» kompaniyasining Markaziy Osiyoga tabiiy gaz yetkazib beriş hajmi ikki barobardan köproqqa oşadi. Kompaniya ilgari Yevropa bozoriga möljallangan hajmlarni qayerga yönaltiriş yönalişlarini izlamoqda, deb yozdi «Vedomosti» naşri «Gazprombank» iqtisodiy prognozlaş markazi ma’lumotlariga tayanib.

Ta’kidlanişiça, ehtimoliy ta’minot hajmi 19-20 milliard kub metrga baholanmoqda.

Aniqlik kiritilişiça, 2030 yilga borib, «Gazprom» kompaniyasining Özbekiston, Qozoğiston va Qirğizistonga eksporti 2,1-2,2 barobarga ösişi mumkin. Asosiy ösişni importni 3 milliarddan 12 milliard kub metrgaça oşiradigan Özbekiston ta’minlaşi kerak. Ta’kidlanişiça, mamlakatda qazib oliş hajmi kamaymoqda.

Qozoğistonda gaz ta’minoti bilan boğliq vaziyat qanday bölişi noma’lum. Xitoyning «şubhalariga» qaramay, Ostona Rossiyadan Qozoğiston orqali Xitoyga gaz quvuri loyihasini amalga oşirişga umid qilmoqda. U mamlakatning şimoli-şarqini gazlaştiriş imkonini beradi va yangi gaz quvuri yiliga qöşimça 10 milliard kub metr gaz yetkazişni ta’minlaydi.

Eslatib ötamiz, sanksiyalar tufayli Rossiyaning «Gazprom» kompaniyasi Yevropaga eksportni taxminan beş barobarga qisqartirgan. Şu bilan birga, kompaniya «Sila Sibiri 2» gaz quvurini işga tuşirgan taqdirda ham barça hajmlarni Xitoyga yönaltira olmaydi.