Sankt-Peterburgdagi norasmiy uçraşuvning madaniy dasturi doirasida prezident Şavkat Mirziyoyev MDH davlatlari rahbarlari bilan birgalikda «Ermitaj» davlat muzeyiga taşrif buyurdi.

Yetakçilar noyob san’at asarlari va madaniyat yodgorliklari töplangan uşbu dunyodagi eng yirik muzeylaridan birining ekspozitsiyasi bilan tanişdi. Taşrif çoğida Rossiya va Yevropa tarixi hamda badiiy merosining asosiy bosqiçlarini aks ettirgan Boş muzey majmuasi zallari bilan tanişildi.

Delegatsiyalar rahbarlari Aleksandr zalida bölib, badiiy kumuş ekspozitsiyasini közdan keçirdi, şuningdek, tantanali marosimlar va rasmiy tadbirlarni ötkaziş uçun möljallangan Piketlar zali va Gerblar zaliga taşrif buyurdi.

Ta’kidlanişiça, qimmatbaho metallardan tayyorlangan betakror buyumlar saqlanuvçi Oltin xazina, afsonaviy «Tovus» mexanik soati joylaşgan Kiçik Ermitajning Pavilonlar zali mehmonlarda alohida qiziqiş uyğotdi.

Taşrif davomida madaniy muloqotni mustahkamlaş, tarixiy merosni asrab-avaylaş va Hamdöstlik davlatlari örtasida gumanitar hamkorlikni rivojlantiriş muhimligi ta’kidlandi.