Ukraina muzokaraçilari norasmiy ravişda Ukraina u yoki bu tarzda Donetsk oblasti ustidan nazoratni yöqotişini tan olmoqda, dedi AQŞ vitse-prezidenti Jyey Di Vens.

Uning sözlariga köra, Ukraina tomoni Rossiya Federatsiyasining butun Donetsk oblasti ustidan nazorat örnatişi ehtimolini xavfsizlik böyiça jiddiy muammo sifatida körmoqda. «Ammo özaro suhbatlarda ular oxir-oqibat regiondan ayrilişlari mumkinligini tan olişadi. Ammo, bilasizmi, bu 12 oydan keyin, balki undan ham keyin sodir bölişi mumkin», – dedi AQŞ vitse-prezidenti.

Vens Donbass kimga tegişliligi masalasi muzokaralar yölidagi jiddiy tösiq ekanini tasdiqlagan.

AQŞ vitse-prezidenti muzokaraçilar sezilarli yutuqlarga erişganini ta’kidladi – birinçi navbatda, endi barça masalalar oçiq körib çiqilmoqda va tomonlar örtasida nima muhokama qilinişi va nima muhokama qilinmasligi haqida «haqiqiy tuşunça» mavjud.

Şu bilan birga, Vens muzokaralarning muvaffaqiyatli yakunlanişiga işonçi komil emasligini bildirdi. «Menimça, biz buni qilişimiz [tinçlikka erişişimiz] ehtimoli katta va biz buni qilmasligimiz ehtimoli ham katta», – deydi AQŞ vitse-prezidenti.

Ötgan dam oliş kunlari muzokaralar Mayamida davom etdi, u yerga Kirill Dmitriyev boşçiligidagi Rossiya delegatsiyasi taşrif buyurdi. AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff ikki kunlik maslahatlaşuvlar yakunlari böyiça ularni «samarali va konstruktiv» deb atadi. Uçraşuv tafsilotlari ma’lum qilinmagan.