2024 yil 1 dekabrdan boşlab Moskva aeroportlarida biometriya topşirgan 45 mingga yaqin yoki 10 foiz migrantning Rossiyaga kirişi taqiqlandi, dedi Moskva meri Sergey Sobyanin.
«Moskva aviatsiya uzelida ötgan yilning dekabr oyidan boşlab biometriya tizimi yaratildi, hukumat qarori federal qonunga muvofiq bizga buni amalga oşirişga ruxsat berdi. 1 dekabrdan joriy yilning dekabrigaça, deyarli bir yil davomida Moskvaning barça aeroportlarida migrantlar öz biometriyasini - fotosurati va barmoq izlarini topşirmoqda», dedi Sobyanin Moskva şahar Dumasida yillik hisobot bilan çiqiş qilar ekan.
«Va bu tizim bizning hududimizda nomaqbul bölgan, nomaqbul fuqarolarning «nazorat röyxati»da bölganlardan himoya qiladi. Bir yil içida bu tizim orqali 45 mingga yaqin odam ajratib olindi. Bu bizga kirib kelayotgan migrantlarning taxminan 10 foizi», dedi mer.
Uning aniqlik kiritişiça, qariyb bir yil içida migrantlarning 4,5 millionga yaqin noyob biometrik ma’lumotlari yaratilgan.
«Bundan taşqari, bu tizim jinoyat sodir etganlarni aniqlaydi va ular şunçaki mamlakatdan çiqib ketmayapti, huquq-tartibot idoralari tomonidan tergov harakatlarini ötkaziş uçun uşlab turiladi», dedi u.
Bundan taşqari, Sobyaninning qöşimça qilişiça, «migratsiya markazida Moskvada röyxatga olingan migrantning DNK namunalari olinadi va buning yordamida hatto ön yil oldin sodir etilgan önlab jinoyatlar ham foş etiladi.
«Va bu, albatta, huquqni muhofaza qiliş organlariga öta oğir, ayniqsa zöravonlik jinoyatlarini foş etiş uçun mutlaqo boşqaça imkoniyatlar beradi», dedi mer.
Avvalroq, 2025 yil 1 dekabrdan Rossiya davlat çegarasidagi barça ötkaziş punktlarida biometrik şaxsiy ma’lumotlar töplanişi sinov tariqasida boşlangani haqida xabar berilgan edi. Sinov 2026 yil 30 iyunga qadar davom etadi.












