AQŞ prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Qöşma Ştatlar davlat kotibi Marko Rubio Vaşingtonning yetakçi muzokaraçisi roli uçun, jumladan, Rossiya-Ukraina uruşini yakunlaş jarayonida raqobatlaşmoqda, deya ta’kidlaydi NBC News. Telekanal saytida Donald Tramp ma’muriyatining raqobatçi mulozimlari örtasida yuzaga kelgan böliniş va kelişmovçiliklar haqida maqola e’lon qilindi. U Amerika va Yevropadagi önlab amaldagi va sobiq rasmiylar bilan suhbatlarga asoslangan.
NBC suhbatdoşlariga köra, prezident ma’muriyatida raqobatlaşuvçi fraksiyalar yuzaga kelişi va hokimiyat uçun kuraş keçişi odatiy hol. Ammo, deya qayd etadi ular, taşqi siyosatdagi eng muhim vazifalardan birini hal qilişda davlat kotibi ikkinçi öringa tuşib, diplomatiyada yangi bölgan odamga öz örnini böşatib berişi juda ğayrioddiy holat. Bu holat jiddiy xavotir uyğotmoqda, deydi manbalar.
Tramp Uitkoffni «kelişuvlar böyiça ajoyib mutaxassis» deb hisoblasa, kongressdagi tanqidçilar, Yevropadagilar va hatto prezident ma’muriyatidagilarning bir qismi uni diplomatiyada «Rossiyaning da’volarini jon deb qabul qiladigan» havaskor (diletant) deb hisoblaşadi. «U – ruslar uçun sovğa», – deydi kongress vakili anonimlik şarti bilan.
Amerika rasmiylari Uitkoff Rossiya va Ukraina örtasidagi uruşni yakunlaş böyiça muzokaralarda Rubioni çetlab ötişga urinayotganini bir neça bor qayd etişgan. Ular Tramp maslahatçisi Rubioni xabardor qilmasdan tinçlik muzokaralari mavzulari muhokama qilingan xalqaro uçraşuvlar taşkillaştirgan bir neça holatlarni sanaşadi.
Xususan, 2025 yil aprelida davlat kotibi Ukraina böyiça muzokaralarda qatnaşiş uçun Parijga uçişi kerak edi. Safar arafasida Rubio jamoasi Uitkoff Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bilan uçraşuv belgilaganidan xabar topadi. Rubio bu muzokaralarga qöşiliş uçun ruxsat söraydi, fransuz tomoni esa buni Uitkoffdan söraşni taklif qiladi.
NBC xabarida qayd etilişiça, bu yordamçilari maxsus elçi bilan boğlaniş uçun ança uringan davlat kotibi uçun «tahqiromuz buriliş nuqtasi» bölgan. Yakunda Rubio Uitkoffni topgan va Makron bilan uçraşuvga qöşiladigan bölgan, deya hikoya qilişadi telekanal suhbatdoşlari. Rubioning iş taqvimida körsatilişiça, u öşa safar vaqtida Fransiya prezidenti bilan yuzma-yuz uçraşuv ham ötkazgan.
Noyabr oyida Davlat departamenti rahbari Şveytsariyada ukrain rasmiylari bilan muzokaralar ötkazişni reja qiladi. Ammo Uitkoff departamentdagilarni ogohlantirmasdan, Jyenevaga oldinroq yöl oladi. Maxsus vakilning bu harakati Rubiodan ildamroq harakat qilib, Ukraina bilan muzokaralarni özi istagandek – Oq uydagi hamkasbi bilan muvofiqlaştirmasdan olib borişga uriniş deb baholandi. Telekanal suhbatdoşlarining sözlariga köra, Rubio baribir Jyenevaga yetib boradi va uçraşuv özining iştirokisiz keçişiga yöl qöymaydi.












