Sun’iy yöldoş suratlariga qaraganda, Rossiya yadroviy jangovar kallak bilan jihozlangan “Oreşnik” gipertovuşli ballistik raketalarini Belarus şarqida, Mogilev viloyatidagi “Kriçev-6” sobiq aviabazasiga joylaştirmoqda. Bu baza Rossiya çegarasidan 5 kilometr uzoqlikda joylaşgan. Reuters agentligi bu haqda juma kuni, 26 dekabr keçqurun ikki amerikalik tadqiqotçiga tayanib xabar berdi, ular mazkur suratlarni örgangan.
Planet Labs kompaniyasi suratlarini tahlil qiliş jarayonida 4 avgustdan 12 avgust oraliğida boşlangan “şoşilinç quriliş loyihasi” aniqlangan.
Reuters’ga Middlebury xalqaro tadqiqotlar institutidan Jyeffri Lyuis va CNA tahlil markazidan Deker Evelet ma’lum qilişiça, suratlar asosida ular mobil uçiriş uskunalari Kriçev şahri yaqinida joylaştirilişi mumkin, deb 90 foiz ehtimol bilan hisoblamoqda. Bu joy Minskdan taxminan 300 km, Ukraina çegarasidan esa 180 km uzoqlikda. Ekspertlar fikriça, “Oreşnik” raketalarini Belarus hududiga joylaştirişdan maqsad — NATO a’zolarini Rossiyadagi nişonlarni ura oladigan qurollarni Kiyevga yetkazib berişdan tiyib turişdir.
Avvalroq RF prezidenti Vladimir Putin 5500 kmgaça uçiş masofasiga ega uşbu ballistik raketalarni Belarusda joylaştiriş niyati borligini aytgan, ammo hozirgaça ular qayerda bölişi aniq oçiqlanmagan edi. 2024 yil 21 noyabrda u Rossiya Ukrainadagi Dnipro şahriga “yadrosiz gipertovuşli jihozlanişdagi ballistik raketa” bilan “eng yangi örta masofali ‘Oreşnik’ tizimi” yordamida zarba berganini ma’lum qilgan.
Oktyabr oxirida Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko matbuot kotibi Natalya Eysmont Rossiyaning “Oreşnik” raketa kompleksi dekabr oyida Belarusda jangovar navbatçilikka qöyilişini aytgan edi. “Joriy yil dekabr oyida u jangovar navbatçilikka qöyiladi, şuning uçun ‘Oreşnik’ böladimi-yöqmi degan har qanday gap-sözlar şu bilan tugadi”, — deya Eysmontdan iqtibos keltirgan TASS agentligi.
Lukaşenko ham öşa kuni bundan avval bu qurolni Belarusda joylaştiriş agressiya emas, balki “mintaqadagi vaziyat keskinlaşuvi va zamonaviy tahdidlarga javob çorasi” ekanini bildirgan. U, şuningdek, agar Yevropa davlatlari yangi raketa komplekslarini joylaştirişdan voz keçsa, “Oreşnik”ni Belarusda joylaştirişni töxtatiş mumkinligini aytgan.
12–16 sentabr kunlari Belarus hududida “Zapad-2025” Rossiya—Belarus strategik qöşinlari maşqlari bölib ötgan. Manyovrlar davomida, jumladan, yadroviy jangovar kallak olib yurişi mumkin bölgan “Oreşnik” ballistik raketasidan ehtimoliy foydalanişni rejalaştiriş ham işlab çiqilgan.











