Rossiya Mudofaa vazirligi seşanba, 30 dekabr kuni «Oreşnik» raketa kompleksi Belarus Respublikasi hududida jangovar navbatçilikka kirişganini bildirdi. RF Mudofaa vazirligining Telegram’dagi postiga video ham ilova qilingan. Rossiya axborot agentliklari RIA “Novosti” va TASSga köra, unda «Oreşnik» birinçi marta körsatilgan.

Rossiya harbiylari Belarusdagi «Oreşnik»ning mobil uçiriş qurilmalari qayerda joylaşganini aytmagan. Ilgari Middlberi xalqaro tadqiqotlar institutidan tadqiqotçi Jyeffri Lyuis va CNA tahlil markazidan Deker Evelet sun’iy yöldoş suratlariga tayanib, yuqori ehtimol bilan gap Belarus şarqidagi Kriçev şahri atrofi haqida ketişi mumkinligini bildirgan. Kriçev Minskdan taxminan 300 km, Ukraina çegarasidan esa 180 km masofada joylaşgan.

10 dekabr kuni Belarus rahbari Aleksandr Lukaşenko Rossiyadan Belarusga “önlab” taktik yadroviy jangovar qismlar olib kirilganini aytgan. Uning bildirişiça, «Oreşnik» raketalari Belarusda SSSR davrida strategik yadroviy raketalar turgan maydonlarga joylaştiriladi. Lukaşenko sözlariga köra, mamlakatda bunday obektlar taxminan 30 ta.

Bundan oldin Belarus rahbari bu qurollarni joylaştirişni tajovuz emas, balki “mintaqada vaziyatning keskinlaşuvi va zamonaviy tahdidlarga javob çorasi” deb ta’riflagan.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2024 yil 21 noyabr kuni Rossiya Ukrainadagi Dnipro şahriga “yadroviy bölmagan gipertovuşli ballistik raketa” bilan zarba berganini, bu uçun “örta masofali eng yangi Rossiya tizimi — «Oreşnik»” qöllanganini aytgan edi. Rossiya rahbarining da’vosiga köra, «Oreşnik»ning uçiş masofasi 1000–5500 kmni taşkil qiladi.