Kalendar yili tugaşi arafasida Rossiya va Ukraina uruşida yangi intriga paydo böldi. Rossiya tomoni Ukraina Putinning Valdaydagi qarorgohiga hujum qilişga uringani haqida bayonot berdi. Bu xabar Zelenskiy va Tramp Floridada körişgan, Tramp tinçlik kelişuvi imzolaş uçun bosimni oşirgan bir vaqtda sodir böldi. Bu xabar fonida Rossiya Belarusga yadroviy kallakni olib uçişi mumkin bölgan «Oreşnik» raketalarini joylaştirdi.

«Endi keskinroq pozitsiyada bölamiz»

Putinning qarorgohiga hujum haqida birinçi bölib Rossiya prezidenti yordamçisi Yuriy Uşakov gapirib çiqdi. Kreml mulozimiga köra, Putin Tramp bilan telefon suhbati çoğida uning qarorgohiga hujum sabab muzokaralardagi Rossiya pozitsiyasini qayta körib çiqişini aytgan. Keyinroq Kreml rasmiy vakili Peskov «Rossiya endi keskinroq pozitsiyada bölişini» aytib çiqdi. Uşakovga köra, Tramp «bu xabardan şokka tuşibdi va Ukrainaga Tomahawk raketalari yubormagani töğri bölganini» his qilibdi.

Axborot uruşi

Rossiya hozirgaça Ukraina Putinning Valdaydagi qarorgohiga hujum qilinganiga heç qanday isbot taqdim etmadi. Vaholanki, Rossiya tomoniga köra, qarorgohga 91 ta dron bilan hujum qilingan, şahar aholisi bunday hujumni sezgan, videolar tarqalgan bölardi.

Peskovning aytişiça, «heç qanday isbot şart emas va şunçaki Rossiya tomonining bayonotga işoniş kerak» ekan. Özi Tramp tinçlik kelişuvi imzolaşga bosim ötkazayotgani ortidan Rossiya qandaydir manyovr qilişi va bitim imzolaşdan qoçişini taxmin qiliş qiyin emasdi. Çunki Putinni amalda Ukraina töliq kapitulyatsiya bölişidan boşqa heç qanday ssenariy qanoatlantirmaydi, hatto Donbassni töliq egallaş ham.

Va kutilganidek bölib çiqdi. Rossiya öziga xos axboriy manyovr qildi. Bu iş muzokaralarda hal qiluvçi odam bölgan Donald Trampga «Ukraina sizning sa’y-harakatlaringizni buzmoqçi», deyiş uçun qilinayotgan bölişi mumkin.

Qiziği, Ukraina Putinning qarorgohiga bungaça kamida ikki marta hujum qilgan, Kreml tomiga dron urilgani esingizda bölsa kerak. Bundan taşqari, Soçidagi prezident qarorgohiga ham dron bilan hujum qilingan, öşanda Putin içkarida bölgani aytilgandi. Kiyev har ikki holatda ham töğridan töğri Putinga hujum qilinganini yaşirmagan, Rossiya ham bu holatga hozirgidek e’tibor qaratmagandi.

Qiziği, bu xabarlar fonida Rossiya Belarusda «Oreşnik» raketalarini joylaştirib, jangovar şay holatga keltirdi. Bu raketalar yadroviy kallakni ham olib uçişi mumkin. Peskovdan şu raketalarga işora qilib Rossiya qanday javob berişi haqida söraşdi. Kreml rasmiy vakili harbiylar qanday javob berişni özi bilişini aytdi. Ana şunaqa gaplar, azizlar. Butun dunyo bayram kayfiyatida bölgan bir vaqtda uruşda keskinlik yana oşdi. Bular bayramda ham tinç ötiradiganga öxşamaydi...