Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy öz ofisi rahbari lavozimini Boş razvedka boşqarmasi boşliği Kirill Budanovga taklif qilganini ma’lum qildi.
U öz tanlovini mamlakat xavfsizligi, mamlakat mudofaasini rivojlantiriş, şuningdek, muzokaralar jarayoni davom etayotgan vaziyatda diplomatik jihatlarga e’tibor qaratiş zarurati bilan izohlagan.
«Men Kirill Budanov bilan uçraşdim va unga Ukraina prezidenti idorasini boşqarişni taklif qildim. Hozir Ukrainaga xavfsizlik masalalariga, mudofaa va xavfsizlik kuçlarini rivojlantirişga, şuningdek, muzokaralarda diplomatik trekka köproq e’tibor qaratiş kerak va prezident ofisi birinçi navbatda davlatimizning şunday vazifalarini bajarişga xizmat qiladi», – degan Ukraina prezidenti.
U Budanov bu yönalişlar böyiça maxsus tajribaga va natijalarga erişiş uçun yetarliça kuçga egaligini ta’kidlagan.
Prezident ofisiga 2025 yil noyabr oyi oxirigaça Andrey Yermak rahbarlik qilgandi. U Ukrainaning barça atom elektr stansiyalari operatori hisoblangan «Energoatom» atrofidagi korrupsiya mojarosi fonida iste’foga çiqarildi.
Zelenskiyning sözlariga köra, prezident ofisining yangi rahbariga Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi hamda boşqa zarur rahbarlar va taşkilotlar bilan hamkorlikda davlatimiz mudofaasi va rivojlanişining strategik asoslarini yangilaş va keyingi qadamlarni belgilaş böyiça takliflarni tayyorlab, tasdiqlaş uçun taqdim etiş vazifasi topşirilgan.
Budanovni prezident ofisining yangi rahbari etib tayinlaş töğrisida rasmiy farmon hozirça yöq, biroq uning özi allaqaçon Zelenskiyning taklifini qabul qilganini ma’lum qildi.
«Ukrainaga xizmat qilişda davom etaman. Prezident ofisi rahbari lavozimini mamlakat oldidagi mas’uliyatning yana bir çöqqisi deb bilaman. Ukraina uçun tarixiy lahzada davlatimiz strategik xavfsizligining muhim masalalariga e’tibor qaratiş men uçun şaraf va mas’uliyatdir», – deb yozdi Boş boşqarma boşliği özining telegram-kanalida.
Kirill Budanov 2020 yildan beri Ukraina razvedkasini boşqarib kelmoqda. U mamlakat tarixida harbiy razvedka boşliqlaridan eng maşhuri hisoblanadi.
Yermak iste’foga çiqqanidan söng, Zelenskiy ofisi rahbari lavozimi uçun bir neça nomzod nomi aytilgandi: mudofaa vaziri Denis Şmigal, boş vazirning birinçi örinbosari Mixail Fedorov, taşqi işlar vaziri örinbosari Sergey Kislitsa va prezident devoni rahbari örinbosari Pavel Palisa va Kirill Budanov ham bor edi.














