AQŞ rasmiylari nuqtayi nazariga köra, Kirill Budanov Ukraina prezidenti ofisi rahbari lavozimiga tayinlanişi yaxşi tanlov böldi, deb yozadi The Washington Post gazetasi. Rossiya-Ukraina yönalişidagi sobiq mulozimlardan biri naşrga anonimlik şarti bilan aytişiça, Ukraina harbiy razvedkasining sobiq rahbari Donald Tramp ma’muriyatidagi turli fraksiyalar vakillari orasida hurmat qozongan.

Agressiv va uruşqoq odam sifatida tanilganiga qaramay, Budanov 2025 yil boşidagi tinçlik muzokaralarida közga körinmas, ammo muhim rol öynadi, dedi jurnalistlar suhbatdoşi. «Siz haqiqatan ham uruş qanday tugaşi kerakligini muhokama qilganingizda, u, ehtimol, vaziyatga real qaraydigan va eng huşyor odamlardan biridir», – deydi u.

Manbaning sözlariga köra, Ukraina prezidenti ofisining avvalgi rahbari Andrey Yermak öz xatti-harakatlari bilan amerikalik hamkasblarida egosentrik odam sifatida taassurot qoldirgandi. «Ukraina manfaati uçun qayğuriş örniga, [Yermak] oxir-oqibat özi va Zelenskiy manfaati uçun qayğurdi», – deya qöşimça qildi u.

Öz navbatida, Ukraina prezidenti jamoasidagi sobiq yuqori martabali amaldorning fikriça, Budanov Boş razvedka boşqarmasi boşliği lavozimida ança muhimroq şaxs edi. Biroq, bu özgariş Zelenskiy ofis rahbaridan köra köproq vitse-prezident roliga mos keladigan «Yermak uslubidagi yana bir kuçli odamni qidirayotgani»ni körsatadi.

The Washington Post naşri suhbatdoşining aytişiça, Budanov Yermakdan bir neçta muhim jihatlari bilan farq qiladi, jumladan, unda «voris böliş imkoniyati bor». Ukrainalik sobiq mulozimning fikriça, Zelenskiy yangi muddatga nomzodini qöymaslikka qaror qilgan, u «xavflarni hisoblab çiqqan va şunga rozi bölgan» va hatto Budanovni «ayrim şaxsiy kafolatlar bilan „voris“ loyihasi sari birinçi qadam» sifatida körayotgan bölişi mumkin. Şu bilan birga, u bu kadrlar almaşinuvidan «eng istiqbolli raqobatçisini yöldan oliş» uçun imkoniyat sifatida foydalanişi ham mumkin.