Kuba hukumati AQŞning Venesuela yetakçisi Nikolas Maduroni qölga oliş böyiça ötkazgan amaliyoti çoğida 32 nafar fuqarosi halok bölganini ma’lum qildi. Rasmiy Gavana xabariga köra, halok bölganlar Kuba qurolli kuçlari va maxsus xizmatlar a’zolari bölgan, qurbonlar xotirasiga mamlakatda ikki kunlik milliy motam e’lon qilingan. OAV ma’lumotiga köra, halok bölganlar Maduroning şaxsiy qöriqlaş xizmatida işlagan.

«Qöşma Ştatlar hukumatining qardoş Bolivar Respublikasi Venesuelaga jinoiy hujumi natijasida... jangovar harakatlarda Inqilobiy qurolli kuçlar va Içki işlar vazirligi nomidan Janubiy Amerika mamlakatining xuddi şunday organlari söroviga binoan tegişli missiyalarni bajargan 32 nafar kubalik halok böldi», – deya Kuba hukumati bayonotidan iqtibos keltiradi Cubadebate rasmiy naşri.

Kuba hukumati bu odamlar «qat’iy qarşilik körsatib, hujum qilganlar bilan töğridan töğri jang çoğida yoki turli obektlar bombardimon qilinişi oqibatida halok bölgani»ni ta’kidlagan.

Qisqa bayonotda kubaliklarning Venesueladagi roliga aniqlik kiritmagan, ammo şunisi ma’lumki, bu ikki mamlakat azaldan ittifoqçi hisoblanadi: Kuba neft evaziga Venesuelaga xavfsizlikni ta’minlaş sohasida yordam körsatadi.

Kuba rahbari Migel Dias-Kanel kubalik harbiylar Venesuela tomoni «iltimosiga köra» Maduro va uning rafiqasini qöriqlaş bilan şuğullanganini ma’lum qilgan.

Venesuela AQŞ harbiylarining şanba kuni Maduroning Karakasdagi qarorgohiga reydi oqibatida halok bölganlarning aniq sonini keltirmadi. Hozirça Kuba hukumati qurbonlar sonini tasdiqlagan yagona rasmiy manba bölib qolmoqda.

Şu bilan bir vaqtda, Venesueladagi naşrlar şanba kuni kamida 25 kişi halok bölgani, şundan 15 nafari – prezidentni qöriqlaş xizmatining 6-batalyoni jangçilari (Venesuela prezidenti va uning oilasi xavfsizligi uçun mas’ul bölgan bölinma) bölgan.

New York Times gazetasi şaxsini sir tutiş şarti bilan ma’lumot bergan venesuelalik mulozimlarga tayanib, qurbonlar soni 80 nafarni taşkil etayotgani va bu miqdor ösişi mumkinligini xabar qilgan.

Maduroni qölga oliş amaliyoti qanday ötdi?

AQŞ maxsus xizmatlari tomonidan e’lon qilingan ma’lumotga köra, Maduro va uning rafiqasi 3 yanvar tongida, Amerika harbiylarining Venesuela böylab raketa zarbalaridan köp vaqt ötmay qölga olingan. Ularning ikkisi ham bu vaqtda mamlakat poytaxti Karakasdagi uyda bölişgan.