AQŞ Qurolli kuçlarining Yevropa qömondonligi Atlantika okeanining şimoliy qismida «Bella 1» («Marinera») neft tankeri qölga olinganini e’lon qildi.
«Kema AQŞ federal sudi tomonidan berilgan order asosida Şimoliy Atlantikada qölga olindi. Uşbu hibs AQŞ prezidentining sanksiyalar ostidagi va Ğarbiy yarimşar xavfsizligi va barqarorligiga tahdid soluvçi kemalarga qarşi körsatmasini qöllab-quvvatlaydi. Operatsiya Içki xavfsizlik vazirligi bölinmalari tomonidan harbiy vazirlik kömagida ötkazildi», deyiladi bayonotda.
«Sanksiya ostidagi va noqonuniy qazib olingan Venesuela neftiga nisbatan qamal rejimi dunyoning istalgan nuqtasida töliq kuçda qoladi», deb yozdi AQŞ harbiy vaziri Pit Hegset ijtimoiy tarmoqda.
Uşbu xabardan biroz oldin Reuters manbasiga tayanib, AQŞ qirğoq qöriqlaş xizmati tankerni qölga oliş böyiça operatsiya ötkazayotganini ma’lum qilgandi. Agentlik suhbatdoşlarining ta’kidlaşiça, tanker va AQŞ qirğoq qöriqlaş xizmatiga bevosita yaqin joyda Rossiya harbiy kemalari joylaşgan.
Şuningdek, AQŞ bir sutka içida ikkinçi neft tankerini qölga oldi, bu safar Karib dengizidagi xalqaro suvlarda.
«Harbiy vazirlik erta tongda Içki xavfsizlik vazirligi bilan hamkorlikda sanksiyalar ostida bölgan va qaysi mamlakatga tegişli ekani belgilanmagan tankerni qölga oldi. Qölga olingan M/T Sophia kemasi xalqaro suvlarda bölgan va Karib dengizida noqonuniy faoliyat olib borgan», deyiladi AQŞ Qurolli kuçlari Janubiy qömondonligi xabarida.
Dekabr oyi oxirida AQŞ Qirğoq qöriqlaş xizmati Karib dengizida Panama bayroği ostida Venesuelaga yöl olgan «Bella 1» tankerini töxtatişga uringan edi. Kema Eron neftini taşigani uçun sanksiyalar röyxatiga kiritilgan edi. Rossiya, Ukraina va Hindiston fuqarolaridan iborat ekipaj AQŞ harbiylarining talablariga böysunişdan boş tortdi va yönalişni özgartirdi, şundan söng Qirğoq qöriqlaş xizmati uni ta’qib qila boşladi. Ta’qibdan qoçib ketayotgan tanker ekipaj a’zolari öz bortiga Rossiya bayroğini çizdi. Voqeadan bir neça kun ötgaç, kema nomi «Marinera» deb özgartirildi va Rossiya dengiz kemaçiligi reyestriga kiritildi.
The New York Times xabariga köra, Rossiya hukumati 31 dekabr kuni keçqurun AQŞga tankerni ta’qib qilişni töxtatiş talabi bilan rasmiy diplomatik nota yuborgan. 7 yanvar kuni The Wall Street Journal Rossiya tankerni kuzatib boriş uçun suv osti kemasi va «boşqa dengiz kuçlarini» yuborgani haqida xabar bergan edi.

















