Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Talgo “Afrosiyob” poyezdlariga xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eng yirik shartnomani imzoladi
Ispaniyaning Talgo kompaniyasi “O‘zbekiston temiryo‘llari” AJ bilan mamlakatda foydalanilayotgan 6 ta Talgo 250 ("Afrosiyob") tezyurar poyezdiga 10 yil davomida kompleks texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha qiymati qariyb 80 million yevro bo‘lgan shartnoma tuzdi.
Ispaniyaning ommabop El Mundo nashrida Talgo’ning O‘zbekistondagi tezyurar poyezdlar parkiga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha eng yirik bitimi haqida maqola e’lon qilingani ma’lum qilindi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, shartnoma 15 yildan ortiq davom etgan hamkorlik natijasida imzolangan va Talgo’ning O‘zbekistonda texnik xizmat ko‘rsatish yo‘nalishidagi eng yirik kelishuvi sifatida qayd etilmoqda.
Talgo’ning O‘zbekistondagi faoliyati 2009 yilda boshlangan: o‘shanda 2 ta to‘qqiz vagonli Talgo 250 xarid qilingan va ular 2011 yilda xizmatga kiritilgan.
Keyin 2011 yilda qo‘shimcha 2 ta o‘n bir vagonli tarkib bo‘yicha shartnoma imzolanib, ular 2017 yildan ekspluatatsiya qilinmoqda.
2019 yilda park yana 2 ta o‘n bir vagonli poyezd va 4 ta qo‘shimcha vagon bilan kengaytirilgan, natijada dastlabki poyezdlar ham 11 vagonli qilib to‘ldirilib, 2021 yilda harakatlana boshlagan.
Talgo 250 poyezdlarining maksimal tijoriy tezligi soatiga 230 km, loyihaviy tezligi esa 275 km/soat ekani qayd etilgan.
Shuningdek, nashrda poyezdlar kuzovning tabiiy og‘ish (tilting) texnologiyasi bilan jihozlangani, O‘zbekistonda esa ular 1520 mm kenglikdagi rels standartida harakatlanishi sababli ayrim yevropacha sxemalardagi kabi g‘ildirak juftliklarini o‘zgartirish talab etilmasligi ta’kidlangan.
Mavzuga oid
12:12 / 20.03.2026
“Afrosiyob” poyezdlari Shahrisabzga haftasiga 3 marta qatnay boshlaydi
19:37 / 25.01.2026
Samarqandga ketayotgan “Afrosiyob” poyezdi texnik nosozlik sababli Chinozda to‘xtab qoldi
16:08 / 16.01.2026
1 fevraldan poyezd chiptalari narxi yana ko‘tariladi
18:51 / 11.11.2025