24 dekabr kuni Respublika ixtisoslaştirilgan onkologiya va radiologiya markazida ötkazilgan press-tur doirasida mazkur muassasaga qöşilayotgan eski respublika onkologiya şifoxonasi va uning Toşkent şahar filiali joylaşgan hududlar taqdiri yuzasidan savol kötarildi. Avvalroq ekofaollar uşbu hududlar yopiq qarorlar orqali xususiy quriliş uçun berib yuborilişi mumkinligi haqida xavotir bildirgan edi.

Toşkent şahar soğliqni saqlaş boş boşqarmasi boşliği Botirbek Isabekov uşbu masala böyiça aniq topşiriq berilganini ta’kidladi.

“Ikkala hudud ham xususiy sektorga berilmaydi. Ikkala hudud ham belgilangan tartibda davlat aktivlari agentligiga topşiriladi. Toşkent şahar onkologiya markazi (1000dan ortiq noyob daraxtlar bor) örnida jamoat yaşil boği, Respublika onkologiya şifoxonasi (500 dan ortiq köp yillik daraxtlar bor) örnida kreativ industrial parki taşkil qilinişi töğrisida aniq topşiriq olganmiz”, dedi u.

Eslatib ötamiz, 3 yil avval auksionga qöyilib keyin qaytarib olingan onkologiya şifoxonalari bosqiçma-bosqiç yangi onkologiya şifoxonasiga birlaştirilmoqda. Jamoatçilik esa ularning yaşil hududlari qurilişlar uçun berib yuborilişidan xavotirda, onkologiya markazi xodimlari esa buning “navbatdagi biznes-reja” bölişi mumkinligini ta’kidlayotgan edi.